Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Real Madrid va Manchest Siti o‘yinida jiddiy jarohatlar xavfi

Sport
64
Real Madrid va Manchest Siti o'yinida jiddiy jarohatlar xavfi
UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida bugun eng katta va eng ko‘p kutilgan o‘yinlardan biri “Real Madrid” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uchrashuv 11 mart kuni soat 20:00 UTCda boshlanadi, bu esa Toshkent vaqti bilan 12 martga o‘tar kechasi soat 01:00ga to‘g‘ri keladi. O‘yin “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkaziladi.

Madridliklar tarkibida jiddiy yo‘qotishlar mavjudligi haqida xabarlar bor. UEFA hamda bir qator nashrlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Kilian Mbappe tizza jarohati sabab birinchi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Jud Bellingem ham maydonga tushmasligi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, Rodrigod, Eder Militao, Dani Sebalos va Alvaro Karreras kabi futbolchilar ham jarohatlari sabab ushbu muhim bahsda ishtirok eta olmasligi aytilmoqda.

“Manchester Siti” jamoasida yo‘qotishlar nisbatan kamroq. The Standard nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Yoshko Gvardiol va Mateo Kovachich jarohatlari sabab o‘yinda qatnashmaydi.

Shu sababli “shaharliklar” tarkibida himoya va markaz chizig‘ida ba’zi muammolar mavjudligi ta’kidlanmoqda. Turli manbalardagi taxminiy tarkiblar bir-biriga yaqin, ammo to‘liq bir xil emas.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, “Real Madrid” safida Tibo Kurtua, Trent Aleksander-Arnold, Raul Asensio, Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi, Federiko Valverde, Arda Gyuler, Orelen Tchuameni, Tiago Pitarch, Vinisius Junior va Gonsalo Garsiya maydonga tushishi mumkin. “Manchester Siti” tarkibida esa Janluiji Donnarumma, Mateus Nunes, Mark Gexi, Ruben Diash, Rayan Ayt-Nuri, Bernardu Silva, Rodri, Rayan Sherki, Omar Marmush, Jeremi Dok-u va Erling Xoland asosiy o‘yinchilar sifatida ko‘rsatilgan.

Football Today nashrining taxminiy tarkibida “Real Madrid” safida Kurtua, Mendi, Asensio, Ryudiger, Trent, Kamavinga, Tchuameni, Valverde, Arda Gyuler, Vinisius va Braim Dias maydonga tushishi kutilmoqda. “Manchester Siti” tarkibida esa Donnarumma, Rayan Ayt-Nuri, Mark Gexi, Ruben Diash, Mateus Nunes, Niko O’Rayli, Rodri, Antuan Semeno, Bernardu Silva, Rayan Sherki va Erling Xoland o‘yinchilari borligi aytilmoqda.

Shuningdek, “Manchester Siti” yangiliklarini yorituvchi City Xtra atrofida tarqalayotgan taxminlarga ko‘ra, Abduqodir Husanov ushbu o‘yinni zaxira o‘rindig‘idan boshlashi mumkin. Hozircha rasmiy klub bayonoti yo‘q, ammo mashg‘ulotlarda ko‘rinayotgan tarkib va prognozlar shunday holatni ko‘rsatmoqda.

Bugungi o‘yin oddiy bahsdan ko‘ra haqiqiy futbol spektakliga aylanishi mumkin. Bir tomonda jiddiy yo‘qotishlarga qaramay hujumkor uslubni saqlab qolgan “Real Madrid”, ikkinchi tomonda esa tarkibi nisbatan to‘liqroq va katta o‘yinlar tajribasiga ega “Manchester Siti” bor.

Yo‘qotishlar, taktik yechimlar va taxminiy tarkiblar qanchalik muhokama qilinsa-da, asosiy so‘zni maydon aytadi. Ushbu o‘yinning natijasi futbol ixlosmandlari tomonidan katta qiziqish bilan kuzatiladi.

Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026