Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisi deb topildi

Sport
92
Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisi deb topildi
Transferlar va futbolchilar bozor qiymatlari haqida ma’lumot beruvchi nufuzli Transfermarkt portali yaqinda bir qator milliy chempionatlardagi futbolchilarning transfer baholarini yangiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shu yangilanishlar asosida turli sport nashrlari qiziqarli tahlillar tayyorlamoqda. Xususan, Vetnamning Znews.vn portali Osiyo qit’asidan chiqqan eng qimmat futbolchilar ro‘yxatini tuzdi.

Reytingda sakkiz nafar osiyolik futbolchi bor, ular orasida Yevropa chempionatlarida o‘z iqtidorini namoyon etayotgan va yuqori baholangan yulduzlar uchraydi. Ro‘yxat boshida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov turibdi.

U hozirda Angliyaning “Manchester Siti” klubida o‘ynaydi. Husanov tezkorligi, maydondagi vaziyatni aniq baholay olishi va himoyadagi ishonchliligi bilan mutaxassislarning e’tiborini tortmoqda.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer qiymati taxminan 35 million yevroni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich uning nafaqat hozirgi formasini, balki kelajakdagi katta salohiyatini ham ifodalaydi.

Ikkinchi o‘rinni Yaponiya milliy jamoasi va “Real Sosedad” klubining hujumchisi Takefuso Kubo egallaydi. Uning transfer qiymati 30 million yevroga baholangan.

Kubo yuqori texnikasi, tezkor driblingi va hujumdagi kreativligi bilan mashhur. So‘nggi yillarda u yapon futbolining yorqin va barqaror yulduzlaridan biri hisoblanadi.

Uchinchi o‘rinda yana bir yapon futbolchisi Kayshu Sano bor. U Germaniyaning “Mayns 05” klubida yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi.

Sano transfer qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi. U to‘pni olib qo‘yish, raqib hujumlarini to‘xtatish va maydonda intizomli o‘ynashi bilan ajralib turadi.

Janubiy Koreyadan Li Kan In ham 25 million yevro bahoga ega. U Fransiyaning “PSJ” klubida faoliyat yuritadi.

Li Kan In individual texnikasi, hujumlarni tashkil etishdagi kreativligi va pleymeykerlik mahorati bilan tanilgan. U Osiyo futbolining eng ijodkor hujumchilaridan biridir.

Angliya Premer-ligasida o‘ynayotgan yana bir yapon futbolchisi Kaoru Mitoma ham 25 million yevroga baholangan. U yuqori tezligi, texnik harakatlari va qanot hujumchisi sifatidagi samaradorligi bilan e’tiborni tortadi.

Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026