Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Pekinda inson qiyofasidagi robotlar do‘koni ochildi

Texnologiya
89
Pekinda inson qiyofasidagi robotlar do‘koni ochildi
Xitoy poytaxti Pekinda yangi “Robot Mall” do‘koni ishga tushdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu do‘konda Albert Eynshteyn qiyofasidagi hayotiy o‘lchamdagi gumanoyid robotlardan tortib, mexanik ofitsiantlargacha bo‘lgan 100 dan ortiq turdagi mahsulot sotuvga qo‘yilgan. “Robot Mall” mamlakatda inson qiyofasidagi va maishiy robotlarni sotishga ixtisoslashgan ilk savdo markazlaridan biri hisoblanadi.

Do‘kon avtomobil dilerlik markaziga o‘xshash tizimda faoliyat yuritadi. Xarid qilish, ehtiyot qismlar ta’minoti va texnik xizmat ko‘rsatish bir joyda amalga oshiriladi.

Robotlarning narxi 2 ming yuandan (taxminan 278 dollar) bir necha million yuangacha boradi. Xaridorlar it ko‘rinishidagi modellar, shaxmat o‘ynaydigan robotlar va boshqa interaktiv qurilmalarni sinab ko‘rish imkoniga ega.

Do‘kon yonida mavzuli restoran joylashgan bo‘lib, u yerda mijozlarga xizmat ko‘rsatish va taom tayyorlash jarayonini robotlar bajaradi. Savdo markazida 200 dan ortiq mahalliy va xorijiy brendlarning robotlari namoyish etilmoqda.

“Robot Mall”ning ochilishi Pekinda o‘tkazilgan Besh kunlik Jahon Robot Konferensiyasi bilan bir vaqtda yuz berdi. Ushbu tadbirda 200 dan ortiq mahalliy va xorijiy kompaniyalar 1500 dan ziyod yangi ishlanmalarni taqdim etdi.

Shuningdek, 14 dan 17 avgustgacha Jahon Gumanoyid Robotlar O‘yinlari ilk bor o‘tkaziladi. Unda 20 dan ortiq davlat jamoalari yengil atletika, raqs va futbol bo‘yicha bellashadi.

O‘xshash yangiliklar

Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple kompaniyasining buklanadigan iPhone Duo smartfonlarida ekran bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Foydalanuvchilar qurilmadan
Texnologiya18:36, 25-10-2026