Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 4 м/с, В
ENRU

Olimlar issiqlikni elektrga aylantiruvchi yangi texnologiyani ishlab chiqishdi

Texnologiya
53
Olimlar issiqlikni elektrga aylantiruvchi yangi texnologiyani ishlab chiqishdi
Janubiy Koreyaning POSTECH universiteti tadqiqotchilari atrof-muhitda behuda tarqalaydigan issiqlik energiyasini elektr tokiga aylantirish samaradorligini sezilarli darajada oshiruvchi yangi texnologiyani ishlab chiqishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu kashfiyot sun’iy intellekt ma’lumotlar markazlari, sanoat korxonalari va elektromobillarning energiya samaradorligini oshirishda inqilobiy qadam bo‘lishi kutilmoqda. Yangi ishlanmaning asosi kremniyning g‘ayrioddiy tuzilishiga tayanadi.

An’anaviy yaxlit kremniy nanoprimlaridan farqli o‘laroq, olimlar ichi bo‘sh kremniy nanotrubkalarini yaratishdi. Bu tuzilma issiqlikni ushlab qolishda ancha samaraliroq ekani isbotlandi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bunday nanotrubkalarning issiqlik o‘tkazuvchanligi yaxlit tuzilmalarga qaraganda 70 foizga past ekani aniqlandi. Mazkur jarayonda qattiq jismlarda issiqlik tashuvchi kvazizarrachalar - fononlarning lokallashuvi effekti hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Oddiy kremniyda issiqlik nisbatan erkin tarqalsa, ichi bo‘sh nanotrubkalarda issiqlik energiyasining bir qismi struktura ichida qoladi va ancha sekin tarqaladi. Bu esa issiqlikni elektrga aylantiruvchi termoelektrik tizimlar uchun ideal sharoit yaratadi.

Ilgari bunday effektga oddiy tuzilmalarda va xona haroratida erishish deyarli imkonsiz deb hisoblanardi. Biroq koreyalik olimlar nisbatan sodda konstruksiya yordamida bunga erishishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bu esa texnologiyani laboratoriya sharoitidan real ishlab chiqarishga o‘tkazish imkoniyatini beradi. Ishlanmaning eng muhim afzalliklaridan biri - termoelektrik tizimlarda an’anaviy ravishda qo‘llaniladigan vismut va tellur kabi nodir hamda qimmatbaho elementlar o‘rniga oddiy kremniydan foydalanilishidir.

Bu materialning arzonligi va sanoatda keng tarqalgani texnologiyaning tannarxini keskin pasaytiradi. Hozirgi vaqtda ChatGPT va boshqa yirik til modellarini qo‘llab-quvvatlovchi serverlar ulkan miqdorda issiqlik chiqaradi.

Ushbu yo‘qotilgan issiqlikni qayta elektrga aylantirish ma’lumotlar markazlarining sovutish xarajatlarini kamaytirib, umumiy samaradorlikni oshiradi. Shuningdek, elektromobillarda akkumulyator va dvigatel qizishidan hosil bo‘lgan energiyani qayta tiklash yurish masofasini uzaytirishga xizmat qilishi mumkin.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, yangi uslub mavjud mikrosxema ishlab chiqarish texnologiyalari bilan to‘liq mos keladi. Bu esa yaqin kelajakda aqlli qurilmalar va sanoat uskunalarida ortiqcha issiqlikni foydali energiyaga aylantiruvchi modullarning paydo bo‘lishini tezlashtiradi.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026