Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Yer atmosferasidagi kislorod bir milliard yildan so'ng kamayadi

Texnologiya
16
Yer atmosferasidagi kislorod bir milliard yildan so'ng kamayadi
Yer sayyorasining kislorodga boy atmosferasi yana taxminan bir milliard yil davomida barqaror saqlanib turishi mumkin, shundan so‘ng havotarkibidagi kislorod miqdori keskin kamayib ketadi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Nature Geoscience ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, kelajakda sayyoramiz insonlar, hayvonlar va ko‘plab murakkab organizmlar yashashi uchun yaroqsiz holatga keladi. Toho universiteti olimi Kazumi Ozaki hamda Jorjiya texnologiya instituti tadqiqotchisi Kristofer Reynxard Yer atmosferasi va biosferasining uzoq muddatli rivojlanishini modellashtirish natijasida shunday xulosaga kelishdi.

Hozirgi vaqtda hayotning mavjudligi bevosita kislorod bilan bog‘liq bo‘lsa-da, atmosferaning bunday tarkibi sayyora tarixida har doim ham mavjud bo‘lmagan. Taxminan 2,4 milliard yil avval yuz bergan Buyuk kislorod hodisasi tufayli ilk fotosintez qiluvchi organizmlar havo tarkibini o‘zgartira boshlagan.

Biroq mutaxassislarning hisob-kitoblari shuni ko‘rsatadiki, Yerning hozirgi holati vaqtinchalik bo‘lib, uzoq kelajakda sayyora yana o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytadi. Quyosh faolligi va uglerod aylanishidagi o‘zgarishlar Olimlar iqlim va biogeokimyoviy jarayonlarni hisobga oluvchi maxsus kompyuter dasturi yordamida 400 mingdan ortiq turli holatlarni tahlil qilib chiqdilar.

Kelgusidagi o‘zgarishlarning asosiy sababi sifatida Quyosh yorqinligining bosqichma-bosqich ortib borishi ko‘rsatilmoqda. Quyoshning yorqinlashishi iqlim isishiga va global uglerod aylanishi muvozanatining buzilishiga olib keladi.

Buning oqibatida atmosferadagi karbonat angidrid miqdori muntazam ravishda kamayib boradi. Bugungi kunda ushbu gaz global isishning asosiy sababchisi sifatida ko‘rilsa-da, u o‘simliklar va boshqa fotosintez qiluvchi organizmlar uchun hayotiy zarur manba hisoblanadi.

Yuzlab million yillar davomida uning miqdori shu darajada pasayib ketadiki, o‘simliklar fotosintez jarayonini amalga oshirolmay qoladi. Kislorod miqdorining kamayishi va uning oqibatlari Fotosintez qiluvchi organizmlar faoliyatining to‘xtashi ular ishlab chiqaradigan kislorodning keskin kamayishiga sabab bo‘ladi.

Modellashtirish natijalariga ko‘ra, taxminan bir milliard yildan so‘ng bu jarayon o‘ta shiddatli tus oladi va havotarkibidagi kislorod miqdori tezlik bilan tushib ketadi. Mazkur jarayondan so‘ng Yer atmosferasi o‘zining bir necha milliard yil oldingi holatiga qaytadi.

Bunday sharoitda atmosferada kislorod va karbonat angidrid deyarli qolmaydi, aksincha, metan gazi miqdori ortib boradi. Shu bilan birga, kislorod yetishmovchiligi sababli sayyorani ultrabinafsha nurlardan himoya qiluvchi ozon qatlami ham butunlay yo‘qoladi.

Insonlar, hayvonlar va boshqa murakkab tuzilishga ega tirik mavjudotlar uchun bunday muhitda yashash imkonsiz bo‘lib qoladi. Shunga qaramay, sayyoramizda hayot butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi.

Kislorod yetishmaydigan sharoitda ham yashay oladigan sodda mikroorganizmlar va bakteriyalar Yer yuzida hayot davomiyligini ta’minlab qolishi mumkin. Ushbu tadqiqot nafaqat Yer kelajagini prognoz qilish, balki boshqa sayyoralarda hayot belgilarini qidirish jarayonida ham muhim ahamiyatga ega.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026