Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

BYD yangi elektr yo‘ltanlamasini taqdim etdi

Avto
36
BYD yangi elektr yo‘ltanlamasini taqdim etdi
Xitoy BYD avtokonserni elektr transport bozorida inqilobiy namoyish qilgan yangi Great Tang modelini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu toliq o‘lchamli elektr yoltanlama rekord darajadagi yurish masofasi va tez quvvatlanish tizimi bilan soha mutaxassislari e’tiqobini tortmoqda. Ixbt.com xabar beradi.

Yangi model 1000 voltli arxitektura va BYD Flash Charging texnologiyasi bilan jihozlangan. Bu tizim akkumulyatorni 5 daqiqada 10 foizdan 70 foizgacha, 9 daqiqada esa 97 foizgacha quvvatlantirish imkonini beradi.

Bunday tezlik “uzoq quvvatlanish” muammosini deyarli bartaraf etadi — bu elektromobillar va ichki yonuv dvigatelli mashinalar orasidagi asosiy farqlardan biri. Texnik imkoniyatlar va yurish masofasi BYD Tang ikki xil akkumulyator sig‘imi bilan taklif etilmoqda.

Premium EV bazaviy versiyasi 105,79 kW·soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan va CLTC sikli bo‘yicha 800 km yol bosadi. Flagship EV deb nomlangan yuqori modifikatsiya esa 130,15 kW·soatli batareya yordamida bir marta quvvatlanishda 950 km masofani bosib o‘tishi aytilmoqda.

Avtomobilning quvvati ham hayratlanarli: bir motorli versiya 496 ot kuchiga ega, ikki motorli to‘liq uzatmali (AWD) varianti esa 784 ot kuchini tashkil etadi. Xavfsizlik va boshqaruv uchun tom qismiga lidar va God’s Eye B haydovchiga ko‘maklashish tizimi o‘rnatilgan.

U avtopilot funksiyalari va avtomatik parkovkani ta‘minlaydi. Interyer va qulaylik elementlari avtomobil ichki qismi biznes-klass darajasidagi qulayliklarni taklif etadi.

Old panelda uchta yirik ekran va orqa yovolchilar uchun alohida displey joylashgan. Isitish, ventilyatsiya va massaj funksiyalariga ega “nol gravitatsiya” formatidagi o‘rindiqlar mavjud.

Salon ichiga ixcham muzlatkich va yig‘iluvchi ishchi stollar joylashtirilgan. Narx masalasida BYD asosiy raqobatchilarini ortda qoldirmoqda.

Masalan, 950 km masofa bosuvchi Tang Flagship EV taxminan 40 000 dollar tursa, uning asosiy raqobatchisi hisoblangan Tesla Model X AWD deyarli ikki baravar qimmat (79 990 dollar) va yurish masofasi bor-yo‘g‘i 565 km bilan cheklangan. Hozircha BYD ushbu modelni AQSH bozoriga chiqarishni rejalashtirmayapti, biroq Xitoyda aprel oyidan buyon 150 000 dan ortiq oldindan buyurtma qabul qilingan.

O‘zbekiston avtomobil bozorida BYD brendining yetakchiligini hisobga olsak, ushbu model kelgusida mahalliy yollarda ham paydo bo‘lishi va katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda kun bo‘yi mashina kelib-ketadi: kimdir «qarzni keyin beraman» deydi, kimningdir moy almashtirish vaqti yaqinlashgan, kimdir esa jimgina boshqa servisga o‘tib ketgan. Bularning hammasi
Avto11:42, 23-10-2026
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Ertalab ishga shoshyapsiz, hovlidan chiqish yo‘lini esa notanish mashina to‘sib turibdi. Oynada telefon raqami yo‘q, signal chalib butun hovlini uyg‘otish ham yechim emas. O‘zbekistonda ishga
Avto11:00, 23-10-2026
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni akkumulatorlarida aniqlangan ishlab chiqarish nuqsoni tufayli dunyo miqyosida 72,7 mingta elektromobilni qaytarib olmoqda.
Avto09:17, 21-10-2026
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston yo‘lovchi tashish va onlayn taksi xizmatlari bozorida yangi yirik ishtirokchi paydo bo‘lmoqda. Xitoyning katta kompaniyasi mamlakat taksi bozoriga
Avto11:35, 20-10-2026
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkent shahrida jamoat transportining to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash va maxsus ajratilgan avtobus yo‘laklarida qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida zamonaviy kuzatuv kameralari
Avto16:59, 13-10-2026