Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

O‘zbekistonda eski avtomobillarni davlat tomonidan sotib olish tizimi joriy etiladi

Avto
50
O‘zbekistonda eski avtomobillarni davlat tomonidan sotib olish tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda eski avtomobillarni bosqichma-bosqich utilizatsiya qilishga bag‘ishlangan yangi tizim joriy etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Chiqindilarni boshqarish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan ortiq vaqt bo‘lgan transport vositalari davlat tomonidan bozor qiymatida sotib olinib, utilizatsiya qilinadi. Yangi tartibga muvofiq, bunday avtomobillar maxsus baholanadi va ularning egalariga ikki xil ko‘rinishda kompensatsiya taklif etiladi.

Xususan, mablag‘ yangi avtomobil xaridi uchun elektron vaucher sifatida berilishi yoki iste’molchining xohishiga ko‘ra pul ko‘rinishida to‘lanishi mumkin. Elektron vaucherdan foydalangan fuqarolar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtomashinalarni imtiyozli shartlarda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Vaucher summasi boshlang‘ich to‘lov sifatida hisoblanib, qolgan mablag‘ni bir yildan ortiq muddat davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin. Shu bilan birga, eski transport vositasini belgilangan muddatda utilizatsiyaga topshirmagan shaxslarga nisbatan moliyaviy ta’sir choralari qo‘llaniladi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, bunday avtomobil egalari har yili bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravariga teng ekologik kompensatsiya to‘lovini amalga oshirishi kerak. Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur tizim atmosferaga chiqarilayotgan zararli chiqindilarni kamaytirish, shaharlardagi ekologik vaziyatni yaxshilash va avtoparkni yangilashga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda birgina Toshkent shahrida har kuni qariyb 600 mingta transport vositasi harakatlanadi. Dunyoning Fransiya, Germaniya, Xitoy va AQSH kabi 60 dan ortiq davlatlarida ham eski avtomobillarni utilizatsiya qilish, ular uchun qo‘simcha to‘lovlar joriy etish va shahar markazlariga kirishni cheklash amaliyoti qo‘llanib kelinmoqda.

Avvalroq ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan transport vositalaridan foydalanish va ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanishi, bunday avtomobillar davlat ro‘yxatidan chiqarilishi haqida xabar berilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda kun bo‘yi mashina kelib-ketadi: kimdir «qarzni keyin beraman» deydi, kimningdir moy almashtirish vaqti yaqinlashgan, kimdir esa jimgina boshqa servisga o‘tib ketgan. Bularning hammasi
Avto11:42, 23-10-2026
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Ertalab ishga shoshyapsiz, hovlidan chiqish yo‘lini esa notanish mashina to‘sib turibdi. Oynada telefon raqami yo‘q, signal chalib butun hovlini uyg‘otish ham yechim emas. O‘zbekistonda ishga
Avto11:00, 23-10-2026
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni akkumulatorlarida aniqlangan ishlab chiqarish nuqsoni tufayli dunyo miqyosida 72,7 mingta elektromobilni qaytarib olmoqda.
Avto09:17, 21-10-2026
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston yo‘lovchi tashish va onlayn taksi xizmatlari bozorida yangi yirik ishtirokchi paydo bo‘lmoqda. Xitoyning katta kompaniyasi mamlakat taksi bozoriga
Avto11:35, 20-10-2026
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkent shahrida jamoat transportining to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash va maxsus ajratilgan avtobus yo‘laklarida qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida zamonaviy kuzatuv kameralari
Avto16:59, 13-10-2026