Bugun
Dembele Manchestersitiga o'tish haqidagi mish-mishlarni rad etdi
+8°
ясно ветер 2.4 м/с, СВ

Badavlat shahzodalarga turmushga chiqsa-da baxtli bo‘la olmagan mashhur ayollar

Dunyo
122
Badavlat shahzodalarga turmushga chiqsa-da baxtli bo‘la olmagan mashhur ayollar
Ko‘pchilik uchun shahzoda bilan turmush qurish haqiqiy ertakday tuyuladi. Hashamatli saroylar, qimmatbaho taqinchoqlar va shohona hayot baxt garovi deb o‘ylashadi. Ammo tarix shuni ko‘rsatadiki, barcha malikalarning hayoti baxtiyor kechmagan. Badavlat shahzodalarga turmushga chiqsa-da, turmush o‘rtog‘idan muhabbat va sadoqat topa olmagan, qirollik saroyining qattiq qoidalari ostida ezilgan yoki oilaviy muammolar girdobida qolgan mashhur ayollar talaygina. Ushbu maqolada shunday taqdir egalarining hayoti haqida so‘z yuritamiz.

Malika Diana va shahzoda Charlz

Foto: Marie Claire
1981 yilda malika Diana va shahzoda Charlzning turmush qurganidan keyin to‘y haqida yozmagan OAV qolmagan. Ammo asr to‘yi deb atalgan marosimdan keyin Diana uchun qiyin kunlar boshlangan. U erining hayotida boshqa ayol — Kamilla Parker-Boulz borligi haqida yaxshi bilgan. Malika Endryu Mortonga bergan intervyusida muammolar to‘y marosimidan keyin boshlangani, bulimiyadan aziyat chekib, o‘zini yomon ko‘rgani va hammasiga raqibi Kamillani aybdor deb bilganini ta’kidlagan. Turmush o‘rtog‘idan e’tibor ko‘rmagan Diana atrofdan e’tibor izlay boshlagan. U ot sporti murabbiysi Jeyms Xyuitt bilan tanishadi. Bu vaqtda Charlz Kamilla bilan munosabatlarini yashirmay qo‘ygan va hatto birgalikda sayohatga ham jo‘nab ketgandi. OAV esa ikki qirollik vakilining ma’shuqalari bilan telefon orqali so‘zlashmasi e’lon qilingan materiallar bilan to‘lib-toshadi. Ularning har ikkisi turmushi darz ketishida bir-birini ayblagan. Bundan qirolicha Yelizaveta g‘azablangan va ularning ajrashishini talab qilgan.

Malika Hayya va shayx Muhammad ibn Rashid al-Maktum

Foto: Marie Claire
Malika Hayya farzandlari va 39 million dollarni olib, Buyuk Britaniyaga qochib ketgan. Malika bu ishni hayotini saqlab qolish uchun amalga oshirganini bahona qilsa, rasmiy versiyada shayx rafiqasining qo‘riqchisi bilan xiyonat qilganini bilib qolgani aytiladi. Ayoli qo‘riqchisiga avvallari ham qimmatbaho sovg‘alar tuhfa qilgani va ko‘p vaqtini birga o‘tkazgani al-Maktumda shubha uyg‘otgan. Ayni vaqtda juftlik farzandlar kim bilan qolishini sud orqali hal qilish bilan band.

Malika Margaret va Entoni Armstrong-Jons

Foto: Marie Claire
Yelizaveta II ning singlisi malika Margaret butun umri davomida bir insonni — otboqar Piterni yaxshi ko‘rgan. Rasmiy marosimlardan birida u Piter bilan yaqin munosabatda ekani reportyorlar e’tiboridan chetda qolmagan. Piter monarx xonimdan 16 yosh katta, turmushi o‘xshamagan va kelib chiqishi qirollik oilasiga munosib bo‘lmagan erkak edi. 1960 yilda Margaret Entoni Armstrong-Jonsga turmushga chiqadi, ammo ko‘ngli bo‘lmagani uchun o‘zini turmushidan mamnundek ko‘rsatishga harakat ham qilmaydi. Entoni bilan 18 yillik turmushi davomida Margaretning yuragida faqat bir erkak — bir vaqtlar telbalarcha oshiq bo‘lgan Piter bo‘lgan.

Malika Luiza va Fridrix Lippe-Shaumburgskiy

Foto: Marie Claire
Malika Luiza va Fridrix Lippe-Shaumburgskiy 1984 yilda unashtirilgan, ammo turmushi Luizani baxtli bo‘lishiga sababchi bo‘lmagan. Uch nafar farzandni dunyoga keltirgan malika hamisha o‘zini yolg‘iz his qilgan. U 1906 yilda meningit bilan kasallangan va shu yilning o‘zida vafot etgan.

Malika Tokxe va Takeyuki So

Foto: Marie Claire
Koreyalik malika Tokxe 13 yoshida garov sifatida Yaponiyaga yuborilgan, oilasi va yurtidan uzoqda yashagan. U graf Takeyukiga turmushga chiqishga majbur bo‘lgan. Ularning har ikkisi ham baxtsiz bo‘lgan. Lekin malika farzandi tarbiyasi bilan o‘zini chalg‘itgan bir vaqtda eri oilasidan hafsalasi pir ekanligini yashirmagan. Depressiyaga tushgan Tokxega shizofreniya tashxisi qo‘yilgan. Eri rafiqasini jinnixonaga yotqizib, o‘zi ajrashish jarayoni bilan shug‘ullanishni boshlab yuborgan. Uzoq yil davomida jinnixonada davolangan malika 1962 yilda yurtiga qaytgan va hayotining qolgan qismini oila a’zolari davrasida o‘tkazgan.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi Tramp taklifiga qaramay Hormuzga flot yubormoqda
Yevropa Ittifoqi Tramp taklifiga qaramay Hormuzga flot yubormoqda
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari AQSH prezidenti Donald Trampning takliflariga qaramay, Hormuz bo'g'oziga o'zining dengiz kuchlarini yuborishni hozircha rejalashtirmoqda. Bu haqda
Dunyo Bugun, 06:26
O'zbekiston Eron xalqiga katta hajmda gumanitar yordam yetkazdi
O'zbekiston Eron xalqiga katta hajmda gumanitar yordam yetkazdi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan Eron Islom Respublikasiga gumanitar yordam yukining jo'natilgani haqida rasmiy ma'lumot berildi. Bu haqda
Dunyo Bugun, 05:47
Eron va Isroil jangi neft narxini keskin oshirdi
Eron va Isroil jangi neft narxini keskin oshirdi
Amerika Qo'shma Shtatlari, Isroil va Eron ishtirokidagi jangovar harakatlar jahon iqtisodiyotida chuqur tebranishlarga sabab bo'lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu jarayonda energiya
Dunyo Bugun, 05:08
Eron bayramni siyosiy norozilik namoyishiga aylantirdi
Eron bayramni siyosiy norozilik namoyishiga aylantirdi
Eron davlat ommaviy axborot vositalari bu yilgi Chahorshanba Suri olov bayramini siyosiy qarshilik namoyishiga aylantirishga chaqirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Davlat tashabbusi bilan
Dunyo Bugun, 05:00
Eron hamkorlik qilgan davlatlarni jiddiy harbiy xavflar bilan ogohlantirdi
Eron hamkorlik qilgan davlatlarni jiddiy harbiy xavflar bilan ogohlantirdi
Eron hukumati mustaqil sun'iy yo'ldosh telekanali Iran International bilan hamkorlik qilayotgan barcha davlat va tashkilotlarni jiddiy ogohlantirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Rasmiy
Dunyo Bugun, 04:24
AQSh Eronga qarshi urushga o'n ikki milliard dollar xarajatladi
AQSh Eronga qarshi urushga o'n ikki milliard dollar xarajatladi
Oq uyning bosh iqtisodiy maslahatchisi Kevins Xassettning ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning 28-fevral kuni Isroil bilan qo'shma harbiy zarbalar boshlanganidan beri Amerika
Dunyo Bugun, 02:38