Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Turkiya Suriya bilan mudofaa hamkorligini kuchaytirdi

Dunyo
31
Turkiya Suriya bilan mudofaa hamkorligini kuchaytirdi
Turkiya va Suriya o‘rtasida mudofaa sohasida yangi hamkorlik bosqichi boshlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Turkiya mudofaa vazirligi vakilining ma’lum qilishicha, ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan kelishuv doirasida Anqara Damashqqa qurol-yarog‘, harbiy texnika va moddiy-texnik yordam ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Turkiya o‘zining bilim va tajribasini Suriya tomoniga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Bu kelishuv Turkiya mudofaa vaziri Yasar Gyuler hamda Suriya mudofaa vaziri Murxaf Abu Kasra o‘rtasida harbiy tayyorgarlik bo‘yicha memorandum imzolanganidan keyin e’lon qilindi. Mazkur hujjat ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

O‘tgan oy Damashq rasmiy ravishda mudofaa salohiyatini kuchaytirish maqsadida Turkiyadan yordam so‘radi. Shundan so‘ng, tezkor muzokaralar o‘tkazilib, amaldagi kelishuvga erishildi.

Kelishuv doirasida Turkiya qurol-yarog‘ va harbiy jihozlar yetkazib berish bilan birga, Suriya harbiylarini tayyorlash, taktik tajriba almashish va mudofaa tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ham yordam ko‘rsatadi. Ushbu hamkorlik ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochib, mintaqadagi harbiy hamkorlik formatlarini kengaytirishga hamda mudofaa sohasidagi strategik imkoniyatlarni oshirishga xizmat qiladi.

Kelgusida bu hamkorlik mintaqaning barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026