Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

G‘azoda insonparvarlik inqirozi og‘irlashmoqda, bemorlar vafot etmoqda

Dunyo
35
G‘azoda insonparvarlik inqirozi og‘irlashmoqda, bemorlar vafot etmoqda
G‘azoda insonparvarlik inqirozi tobora og‘irlashmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Chorshanba kuni kechasi Italiya hukumati tashabbusi bilan Piza shahriga evakuatsiya qilingan 20 yoshli Mara Abu Zuhri shifoxonaga yotqizilganidan 48 soat o‘tmay vafot etdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari bu haqda xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh ayol Italiyaga onasi hamrohligida kelgan va Piza universiteti klinikasida davolanayotgan paytda yurak xuruji sababli hayotdan ko‘z yumgan. Shifokorlar uning tana og‘irligi va mushak massasi keskin kamayganini, uzoq vaqt yetarlicha ovqatlanmaganini ta’kidlamoqda.

BMT G‘azodagi vaziyat yuzasidan jiddiy ogohlantirish bermoqda. Ekspertlar hisobotlarida hududda ocharchilikning eng og‘ir ssenariysi amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Biroq Isroil hukumati bu iddaolarni rad etib, gumanitar yordam yetkazishda BMT agentliklarini ayblamoqda. Italiya hozirgacha G‘azodan 180 dan ortiq bolalar va kattalarni qabul qilgan.

Ular orasida og‘ir jarohatlar, tug‘ma kasalliklar yoki amputatsiyadan aziyat chekayotganlar bor. Shu haftada yana 31 nafar bemor va ularning hamrohlari Rim, Milan va Pizaga joylashtirilgan.

Britaniya parlamenti vakillari ham hukumatni zudlik bilan G‘azodan bolalar va yaradorlarni evakuatsiya qilish dasturini amalga oshirishga chaqirmoqda. Ularning fikricha, kechikish inson hayoti uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Hozirda Isroil G‘azo shahridagi aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish rejasini boshlaganini ma’lum qildi. Biroq muntazam havo hujumlari, artilleriya zarbalari va kuchli bombardimonlar tufayli ayniqsa Zaytun tumanidagi vaziyat halokatli darajaga yetgan.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi zarbalar natijasida kamida 36 kishi halok bo‘lganini, shuningdek, 11 nafar inson ocharchilikdan vafot etganini bildirdi. Isroil harbiylari tinch aholi orasida qurbonlarni kamaytirishga harakat qilayotganini ta’kidlab, Hamas nazoratidagi manbalarning bergan raqamlariga shubha bilan qaramoqda.

Shu bilan birga, ular gumanitar inqiroz uchun javobgarlikni Hamas harakatiga yuklamoqda. Mutaxassislar esa bu kabi fojeali hodisalar G‘azodagi vaziyatning qanchalik og‘ir va halokatli ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda, deya ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026