Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Keyt Middlton va Uilyam yangi uyga ko‘chdi

Dunyo
49
Keyt Middlton va Uilyam yangi uyga ko‘chdi
Keyt Middlton va shahzoda Uilyam uch nafar farzandi bilan Vindzordagi Forest Lodge nomli sakkiz xonali yangi uyga ko‘chib o‘tdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Peopletalk nashri ma’lumot berdi. Oldinroq qirollik oilasi Vindzor hududidagi Adelaida kottejida uch yil davomida yashagan edi.

Endilikda ular yangi uyda istiqomat qilish uchun kichik ta’mirlash ishlariga o‘z mablag‘ini ajratmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 43 yoshli shahzoda Uilyam Kornuoll gersogligidan yiliga taxminan 30 million dollar daromad oladi.

Kuzatuvchilar fikricha, Uilyam qirollik taxtiga o‘tirgan taqdirda ham oila aynan shu uyda qolishi mumkin. Shu bilan birga, shahzoda Jorj, malika Sharlotta va shahzoda Lui yaqin atrofdagi Ascot shaharchasidagi Lambruk maktabida ta’lim olmoqda.

Oila Adelaida kottejida yashagan davrda bir qator sinovlardan o‘tdi. Malika Keyt o‘tgan yil saraton kasalligidan davolanish jarayonida og‘ir kimyoterapiya kursidan o‘tdi.

Bundan tashqari, ular ko‘chib kelganidan ko‘p o‘tmay, 2022 yil sentyabrda qirolicha Yelizavetaning vafoti sababli motam tutishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, yaqinda saraton kasalligidan aziyat chekayotgan qirol Charlz III ning sog‘ligi yomonlashib borayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026