ENRU

Ukraina “Flamingo” qanotli raketani sinovdan o‘tkazdi

Dunyo
49
Ukraina “Flamingo” qanotli raketani sinovdan o‘tkazdi
Ukraina hukumati uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi “Flamingo” qanotli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy 20-avgust kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Prezidentning ta’kidlashicha, “Flamingo” raketasi Ukraina raketa dasturidagi eng samarali va kuchli loyihalardan biri hisoblanadi.

DW nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, raketaning uchish masofasi 3000 kilometrni tashkil etadi. Zelenskiy bu natijani mamlakat mudofaa sohasidagi katta yutuq deb atadi.

Shuningdek, u raketa xususiyatlari to‘liq oshkor qilinmasligini, ma’lumotlar faqat yuztadan ortiq raketa amalda ishlatishga tayyor bo‘lgach e’lon qilinishini bildirdi. Raketalarning ommaviy ishlab chiqarilishi 2025 yil dekabrida yoki 2026 yil boshida boshlanishi rejalashtirilgan.

Ukraina hukumati yangi qurolni yaratish orqali mudofaa qudratini sezilarli darajada oshirishga umid qilmoqda. Ushbu loyiha mamlakat xavfsizligini mustahkamlashda muhim qadam hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy Erondan Qizil dengizdagi xusiylar hujumini to'xtatishni so'radi
Xitoy Erondan Qizil dengizdagi xusiylar hujumini to'xtatishni so'radi
Dunyoning eng muhim neft va savdo yo‘llaridan biri hisoblangan Qizil dengiz hamda Bobul-Mandab bo‘g‘ozi atrofida geosiyosiy keskinlik kuchaygan bir sharoitda, Xitoy mintaqadagi jarayonlarga parda
DunyoBugun, 00:53
Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson rasman iste’foga chiqdi
Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson rasman iste’foga chiqdi
Shvetsiya Qirolligida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng mamlakatda jiddiy siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi. Amaldagi Bosh vazir Ulf Kristersson o‘z
DunyoBugun, 00:23
Rim papasining maxsus vakili gumanitar masalalarda Moskvaga boradi
Rim papasining maxsus vakili gumanitar masalalarda Moskvaga boradi
Rim papasining Ukraina masalalari bo‘yicha maxsus vakili kardinal Matteo Dzuppi joriy yilning sentyabr oyi oxirida Moskvaga tashrif buyurishini ma’lum qildi. Mazkur
DunyoKecha, 23:44
Saudiya Arabistoni Makka yo'nalishida uchirilgan dronni urib tushirdi
Saudiya Arabistoni Makka yo'nalishida uchirilgan dronni urib tushirdi
Saudiya Arabistoni Havo hujumidan mudofaa kuchlari Yamandagi husiylar harakati tomonidan muqaddas Makka shahri yo‘nalishida uchirilgan jangovar dronni urib tushirdi.
DunyoKecha, 03:42
Husiylar yetakchisi Saudiya Arabistonining Yaman urushidagi mag'lubiyatini bashorat qildi
Husiylar yetakchisi Saudiya Arabistonining Yaman urushidagi mag'lubiyatini bashorat qildi
Yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlar va geosiyosiy keskinliklar yangi bosqichga ko‘tarilgan bir vaqtda, Yamandagi husiylar harakati yetakchisi Abdul-Malik al-Hutiyning Saudiya Arabistoni
DunyoKecha, 03:17
Eronda taniqli bloger josuslikda ayblanib o'lim jazosiga hukm qilindi
Eronda taniqli bloger josuslikda ayblanib o'lim jazosiga hukm qilindi
Eronda "Sevda" taxallusi bilan tanilgan bloger Marziyeh Ebrohimi Shamsobodiyga nisbatan o‘lim jazosi tayinlandi. Bandar-Abbos shahri Inqilobiy sudi uni mamlakat Oliy
DunyoKecha, 02:44