ENRU

Jeyms Uebb Uranning yangi yo‘ldoshini topdi

Dunyo
78
Jeyms Uebb Uranning yangi yo‘ldoshini topdi
Jeyms Uebb kosmik teleskopi Uranning atrofida aylanuvchi yangi, 29-yo‘ldoshni aniqladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu yo‘ldoshga S/2025 U nomi berildi. Bu haqda NASA 2025 yil 19 avgustda rasmiy ma’lumot berdi.

Ilmiy tadqiqotlar Janubi-G‘arbiy tadqiqot instituti (SwRI) boshchiligidagi olimlar guruhi tomonidan olib borildi. Ular ilgari noma’lum bo‘lgan va Uranning ma’lum yo‘ldoshlari oilasiga kirmagan yangi obyektni kashf etdi.

Shu tariqa, Uranning ma’lum yo‘ldoshlari soni 29 taga yetdi. Yangi yo‘ldosh 2025 yil 2 fevralda olib borilgan kuzatuvlar natijasida aniqlangan.

Uning diametri taxminan 10 kilometr bo‘lib, nisbatan kichik hisoblanadi. Shuning uchun 1986 yilda Uran yaqinidan uchib o‘tgan Voyager-2 zondi uni aniqlay olmagan.

SwRI bosh mutaxassisi Mariyame El Mutamidning ta’kidlashicha, yangi yo‘ldosh Uran markazidan taxminan 56 ming kilometr uzoqlikda joylashgan. U sayyora ekvatorial tekisligida, Ofeliya va Byanka yo‘ldoshlari orbitasi orasida harakat qiladi.

Yo‘ldoshning deyarli doira shaklidagi orbitasi uning hozirgi joylashuvi yaqinida shakllanganini ko‘rsatadi. Uranning dastlabki ikki yo‘ldoshi – Titaniya va Oberon 1787 yilda mashhur ingliz astronomi Uilyam Gershel tomonidan kashf qilingan.

So‘nggi yillarda esa Uran atrofida yangi yo‘ldoshlar aniqlanishi davom etmoqda. Masalan, 28-yo‘ldosh S/2023 U1 2023 yil noyabrda Chilidagi Las-Kampanas observatoriyasida topilgan edi.

Ushbu yangi kashfiyot Uranning yo‘ldoshlar oilasi va sayyora tizimi haqidagi bilimlarimizni kengaytirib, astronomlar uchun qimmatli ilmiy ma’lumotlarni taqdim etadi. Olimlar yangi yo‘ldosh orbitasini va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash maqsadida kuzatuvlarni davom ettirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Olimlar popkorn hidi keladigan yangi pomidor navini yaratdi
Olimlar popkorn hidi keladigan yangi pomidor navini yaratdi
Xitoy va Avstraliya olimlari zamonaviy genetik tahrirlash texnologiyasi yordamida popkorn hidini eslatuvchi xushbo‘y pomidorning ilk namunasini yaratishga muvaffaq
DunyoBugun, 20:43
Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilandi
Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilandi
O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo choralari sezilarli darajada kuchaytirildi. Prezident Shavkat
DunyoBugun, 19:41
Quyoshning so‘nggi bosqichi sayyoralar orbitalarini butunlay buzib yuborishi mumkin
Quyoshning so‘nggi bosqichi sayyoralar orbitalarini butunlay buzib yuborishi mumkin
Taxminan 5 milliard yildan so‘ng Quyosh o‘zining hayotiy siklidagi so‘nggi bosqichga o‘tib, dastlab qizil gigantga aylanadi, so‘ngra oq mitti yulduz holatiga keladi.
DunyoBugun, 19:09
Rim papasi jarrohlik amaliyotidan so‘ng shifoxonadan chiqdi
Rim papasi jarrohlik amaliyotidan so‘ng shifoxonadan chiqdi
Rim papasi Lev XIV o‘ng o‘pkasidagi xavfli o‘smani olib tashlash bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng shifoxonadan chiqishga ruxsat oldi. 71 yoshli
DunyoBugun, 17:30
Moskva aeroportlaridagi cheklovlar sababli O‘zbekiston reyslari kechiktirildi
Moskva aeroportlaridagi cheklovlar sababli O‘zbekiston reyslari kechiktirildi
Rossiya poytaxti Moskva shahriga uyushtirilgan keng ko‘lamli dron hujumlari oqibatida shahar havo hududida favqulodda xavfsizlik choralari joriy etildi. Moskvadagi
DunyoBugun, 16:54
BAA malikasi Londonda bolani xavf ostida qoldirgani uchun sudlandi
BAA malikasi Londonda bolani xavf ostida qoldirgani uchun sudlandi
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi qirollik oilasiga yaqinligi aytiladigan 32 yoshli Mahra al-Nahayon Londonda yosh bolani qarovsiz qoldirib, uning hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun sud
DunyoBugun, 16:24