Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Quyosh nuridan toza yonilg‘i ishlab chiqarildi

Dunyo
71
Quyosh nuridan toza yonilg‘i ishlab chiqarildi
Yaqinda yuqori malakali olimlar quyosh nurini to‘g‘ridan to‘g‘ri yonilg‘iga aylantirishning yangi, innovatsion usulini yaratdilar. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tadqiqotda ishlatilgan molekula kelajakda sun’iy fotosintez jarayonida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Olimlar bu kashfiyot barqaror va ekologik toza energiya manbalariga yaqinlashishda muhim qadam bo‘lishiga umid qilmoqda.

Shveysariyadagi Bazel universiteti tadqiqotchilari tabiatdagi fotosintez jarayonidan ilhomlanib, noyob molekula yaratdilar. ScienceDaily nashri ma’lumotlariga ko‘ra, bu ilmiy yutuq sun’iy fotosintez va uglerod neytral yoqilg‘i ishlab chiqarish sohasida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Tabiatda fotosintez jarayonida o‘simliklar quyosh nuridan energiya olib, karbonat angidriddan shakar molekulalarini hosil qiladi. Inson va hayvonlar bu shakarlarni iste’mol qilib, karbonat angidridni qayta chiqarish orqali tabiiy aylanishni ta’minlaydi.

Olimlar esa bu jarayonni sun’iy ravishda takrorlab, vodorod, metanol yoki sintetik benzin kabi “quyosh yonilg‘isi” ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Bu yonilg‘ilar ishlatilganda faqat ishlab chiqarish jarayonida sarflangan karbonat angidrid miqdori chiqadi va yonilg‘i uglerod neytral bo‘lib qoladi.

Professor Oliver Venger boshchiligidagi ilmiy guruh Nature Chemistry jurnalida to‘rtta zaryadni bir vaqtning o‘zida yig‘ish qobiliyatiga ega molekulani taqdim etdi. Bu jarayon yorug‘likni kimyoviy energiyaga aylantirish uchun zarur, chunki zaryadlar suvni vodorod va kislorodga ajratish kabi reaksiyalarni boshlaydi.

Yaratilgan molekula besh qismdan iborat bo‘lib, ular qat’iy ketma-ketlikda joylashgan. Bir tomonda ikkita segment elektronlarni chiqarib, musbat zaryad oladi, qarshi tomonda esa ikkita segment elektronlarni qabul qilib, manfiy zaryadlanadi.

Markaziy qism yorug‘likni o‘zlashtirib, elektronlar uzatishni boshlaydi. Tadqiqotchilar to‘rt zaryadni bir vaqtning o‘zida yig‘ish uchun ikki bosqichli strategiyani qo‘llashdi.

Birinchi yorug‘lik impulsi molekulaning qarama-qarshi tomonlarida musbat va manfiy zaryad hosil qiladi, ikkinchi impuls esa jarayonni takrorlab, molekulani to‘rt zaryad bilan ta’minlaydi. Yangi usul tabiiy quyosh nuriga yaqinroq bo‘lgan zaif yorug‘lik bilan ishlash imkonini beradi.

Oldin bunday tajribalar uchun kuchli lazerlar talab qilingan bo‘lib, bu ularni amaliy qo‘llashni cheklagan. Shuningdek, molekuladagi zaryadlar uzoq vaqt barqaror saqlanadi, bu keyingi kimyoviy reaksiyalar uchun qulaylik yaratadi.

Ushbu kashfiyot ekologik toza energiya yaratishda yangi imkoniyatlar ochib, kelajakda inson hayoti uchun samarali va qulay sun’iy yonilg‘i tizimlarini yaratishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026