Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Kim Chen In Ukrainada halok bo‘lgan askarlar oilasi bilan uchrashdi

Dunyo
22
Kim Chen In Ukrainada halok bo‘lgan askarlar oilasi bilan uchrashdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Ukrainada Rossiya tomonida jang qilib halok bo‘lgan askarlarning oilalari bilan uchrashdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

U marhum askarlarga hamdardlik bildirib, ularning xotirasini yodga olish maqsadida ularning suratlarini bayroqqa o‘rab oilalariga topshirdi. Ushbu marosim Pxenyanda o‘tkazildi.

Nutqida Kim Chen In askarlarni tirik qaytarib kelolmagani uchun afsus bildirdi. Shuningdek, u halok bo‘lganlar sharafiga yodgorlik barpo etilishi va ularning farzandlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishini va’da qildi.

Janubiy Koreya manbalarining ma’lumot berishicha, Shimoliy Koreya Rossiyaga yordam sifatida taxminan 15 ming askar yuborgan, shuningdek, raketa va boshqa qurollar ham yetkazilgan. Evaziga Pxenyan oziq-ovqat va texnik yordam olgan.

G‘arb rasmiylari esa yuzlab shimoliy koreyalik askar janglarda halok bo‘lganini, minglab askarlar esa jarohat olganini ma’lum qilishgan. Kelasi hafta Kim Chen In Xitoyda o‘tkaziladigan harbiy paradda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilmoqda.

Bu ularning so‘nggi ikki yil ichida uchinchi marta uchrashuvi bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning yanada kuchayib borayotganidan dalolat beradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026