Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Hindiston Ozarboyjonning SHHTga a’zoligini rad etdi

Dunyo
27
Hindiston Ozarboyjonning SHHTga a’zoligini rad etdi
Shanxay hamkorlik tashkilotida yangi nizolar yuzaga keldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

AnewZ nashrining xabariga ko‘ra, Hindiston Ozarboyjonning SHHTga to‘liq a’zo bo‘lish uchun bergan arizasini yana rad etdi. Hindiston bu qarorni Ozarboyjonning Pokistonni ochiq qo‘llab-quvvatlashi bilan izohlamoqda.

Hindistonlik diplomatlarning fikricha, bu holat ko‘p tomonlama hamkorlik tamoyillariga va “Shanxay ruhi”ga zid hisoblanadi. SHHT doirasida ikki davlat o‘rtasidagi mojaro tashkilot maydoniga ko‘chirilmasligi kerak.

Biroq Xitoyning pozitsiyasi boshqacha. Pekin rasmiylari Ozarboyjon arizasini to‘liq qo‘llab-quvvatlab, uning SHHT tamoyillariga mos kelishini ta’kidlamoqda.

Siyosatshunoslar bunday vaziyat tashkilot ichidagi ziddiyatlarni yanada kuchaytirayotganini bildiradi. Bir tomonda Xitoyning yordami va rag‘bati, ikkinchi tomonda esa Hindistonning keskin qarshi pozitsiyasi ko‘zga tashlanmoqda.

Bokudagi rasmiylar bu qaror Ozarboyjonning siyosiy yo‘nalishiga ta’sir qilmasligini aytmoqda, ammo bu qadam ko‘p tomonlama diplomatiya va SHHT ruhiyatiga zid ekanini ta’kidlashmoqda. APA agentligining ma’lumotiga ko‘ra, bu jarayon natijasida Pokiston Armanistonning tashkilotga a’zo bo‘lish arizasini rad etdi.

Hozirda SHHTning to‘liq a’zolari: Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston, O‘zbekiston va Belarus. Tashkilotda kuzatuvchi davlatlar sifatida Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston, muloqot hamkorlari sifatida esa Ozarboyjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka faoliyat yuritmoqda.

Bu holat SHHT ichidagi muvozanatning yanada sinovdan o‘tishini anglatadi. Tashkilotning kelajakdagi rivojlanishi esa keyingi muzokara va qarorlarga bog‘liq bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026