Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Jakartada ayollar davlat sarfini tanqid qildi

Dunyo
30
Jakartada ayollar davlat sarfini tanqid qildi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida yuzlab ayollar pushti rangli kiyim kiyib, qo‘llarida supurgi bilan parlament binosi oldida namoyish o‘tkazdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ular davlat mablag‘larining behuda sarflanishi va politsiya zo‘ravonligiga qarshi norozilik bildirdi. Supurgi ular uchun “davlatdagi kirlarni supurib tashlash” ramzi sifatida ishlatildi.

Namoyishlar ikki haftadan beri davom etmoqda va ular hayot narxining oshishi hamda deputatlarning ortiqcha imtiyozlariga qarshi boshlangani ma’lum. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, avgust oyining oxirida yuzaga kelgan noroziliklar paytida kamida o‘n kishi halok bo‘lgan, mingdan ortiq shaxs esa shifoxonaga yotqizilgan.

Prezident Prabowo Subianto dastlab Xitoyga qilgan safarini bekor qilganini bildirgan bo‘lsa-da, keyinchalik Pekinda o‘tkazilgan harbiy paradda qatnashgani ma’lum bo‘ldi. U deputatlarning ayrim imtiyozlarini qisqartirishga va’da bergan, ammo namoyishchilar bu chorani yetarli deb hisoblamayapti.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va inson huquqlari tashkilotlari Indoneziya hukumatini norozilik namoyishlariga zo‘ravonlik bilan javob bergani uchun tanqid qildi. Mutaxassislar esa aholining kengroq islohotlar – tenglik, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va adolatli iqtisodiy imkoniyatlar yaratishni kutayotganini ta’kidlashmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026