Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Gurgaonda chaqaloqdan ikki homila olib tashlandi

Dunyo
52
Gurgaonda chaqaloqdan ikki homila olib tashlandi
Hindistonda tibbiyot tarixida noyob va murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Haryana shtatining Gurgaon shahrida joylashgan shifoxonada bir oylik chaqaloqqa operatsiya qilinib, uning qornidan ikki rivojlanmagan homila olib tashlandi. Bu haqda The Times of India nashri ma’lumot berdi.

Mazkur holat tibbiyotda “homila ichida homila” deb ataladi va juda kam uchraydi, har 500 mingta homiladorlikdan birida ro‘y beradi. Odatda bunday anomaliya homiladorlikning dastlabki haftalarida yuzaga keladi: ikki egizakdan biri to‘liq rivojlanmay, ikkinchi homila ichiga joylashib qoladi.

Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, chaqaloq onasi uch egizak tug‘ishi kutilgan, lekin homiladorlik davomida ulardan biri qolgan ikkitasini o‘ziga singdirgan. Tug‘ilgandan 20 kun o‘tib, chaqaloqning qorni shishib, ovqatlanishi to‘xtagani sababli shifoxonaga olib kelingan.

Tekshiruvda uning oshqozonini siqib turgan o‘sma shaklidagi tuzilmalar aniqlangan. Jarrohlik paytida bu tuzilmalar rivojlanmagan embrionlar ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Operatsiyada 15 nafar malakali shifokor ishtirok etdi. Ikki soat davom etgan murakkab jarrohlikda chaqaloqning ichki organlariga zarar yetkazmaslik uchun alohida ehtiyotkorlik bilan ish olib borildi.

Shifokorlardan biri bu holatni juda noyob deb ta’kidladi va kichik organizmda bunday murakkab operatsiyani aniqlik bilan bajarish qiyin bo‘lganini bildirdi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, jarrohlikdan so‘ng chaqaloq tezda sog‘lig‘ini tiklab, hozirda uning ahvoli barqaror.

Bu holat tibbiyot sohasida katta yutuq sifatida baholanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026