Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+9°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Polsha Germaniyadan urush tovonini talab qildi

Dunyo
36
Polsha Germaniyadan urush tovonini talab qildi
Polshaning yangi saylangan prezidenti Karol Navrotskiy o‘zining ilk rasmiy tashrifi doirasida Berlinda bo‘lib, Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi davrida mamlakatga yetkazilgan katta moddiy va ma’naviy zarar uchun tovon puli to‘lashni talab qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bu talabni qat’iyan rad etdi. Shuningdek, Polsha rahbari Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan uchrashuvda ham ushbu masalani ko‘tardi, ammo kansler Berlin pozitsiyasi o‘zgarmasligini ta’kidladi.

Muzokaralar yakunida odatda o‘tkaziladigan qo‘shma matbuot anjumani tashkil etilmadi, bu esa nemis jurnalistlari tomonidan salbiy qabul qilindi va turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Prezident Navrotskiy ijtimoiy tarmoqlarda bergan bayonotida tovon puli masalasi hal etilmaganini, kelgusida Germaniya bilan muzokaralar davom ettirilishini bildirdi.

Rasmiy Varshava Berlindan 1,3 trillion yevro miqdorida tovon puli talab qilmoqda. Bu raqam chuqur ilmiy tahlillar asosida hisoblangan.

Polsha parlamenti 2023-yilda Germaniya va Rossiyadan urush talafotlari uchun tovon puli talab qilish maqsadida maxsus komissiya tuzgan edi. 2022-yilda chop etilgan hisobotga ko‘ra, 1939–1945-yillarda Polsha natsistlar hujumi va okkupatsiyasi oqibatida 6,2 trillion zlotiy (taxminan 1,3 trillion yevro) zarar ko‘rgan.

Berlin esa tovon puli o‘rniga Polshaga xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmoqda. Germaniya hukumatining Polsha masalalari bo‘yicha vakili Knut Abrahamning aytishicha, Berlin tovon puli to‘lamaydi, ammo Varshavaning xavfsizligini ta’minlashga tayyor.

Germaniya tomoni o‘z dalillarini ham keltirmoqda: 1953-yilda Polsha parlamenti GFR tomonidan urush zararlarini qoplash bo‘yicha majburiyatlar bajarilganini tan olgan. Shuningdek, 1991-yilda ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan yaxshi qo‘shnichilik shartnomasi asosida Polshaga 1,3 milliard yevro ajratilgan.

Oldin ham ayrim polshalik siyosatchilar tovon puli masalasini ko‘targan. Masalan, deputat Yanush Shevchak zarar miqdorini 900 milliard dollarga baholab, hukumatning talab qo‘ymasligini tanqid qilgan edi.

Polsha hukumatining rejalariga ko‘ra, Germaniyadan tovon puli masalasi hal etilgach, Varshava ayni talabni Rossiyaga ham qo‘yishi mumkin. 2023-yilda bu haqda ilk xabarlar paydo bo‘lganda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Polshani bunday talabning oqibatlari og‘ir bo‘lishi haqida ogohlantirgan.

Shunday qilib, tovon puli masalasi Polsha va Germaniya munosabatlarida eng murakkab va bahsli mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026