Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Tramp Xitoy va Hindistonni urushni moliyalashtirishda aybladi

Dunyo
24
Tramp Xitoy va Hindistonni urushni moliyalashtirishda aybladi
AQSH prezidenti Donald Tramp 23-sentyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida Xitoy va Hindistonni Ukrainadagi urushning asosiy homiylari deb atadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Trampning fikricha, ushbu ikki mamlakat Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni davom ettirib, Rossiyaning neft mahsulotlarini sotib olmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Hindiston Rossiyaning urushdagi harakatlarini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, Tramp Yevropa davlatlarini ham tanqid qilib, ularni Rossiya energiya resurslarini sotib olishda davom etayotganliklari uchun qoraladi. U Yevropa davlatlarini bu holatni “sharmandali” deb atab, ular Rossiya bilan urushayotgan paytda neft va gaz sotib olishni to‘xtatishi kerakligini ta’kidladi.

Trampning fikricha, Yevropa davlatlari bunday siyosatni davom ettira olmaydi va faolroq harakat qilishi lozim. Boshqa tomondan, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Go Szyakun Ukraina inqirozi bo‘yicha Xitoyning adolatli va xolis pozitsiyada ekanligini, bu mojaroning tashabbuskori yoki ishtirokchisi emasligini ma’lum qildi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi esa, davlatlar o‘rtasidagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish va tinchlikni tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. AQSH Moliya vazirligi esa Yevropa Ittifoqi davlatlari hamda “Katta yettilik” guruhiga a’zo mamlakatlarni Ukrainadagi urush tugamaguncha Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishga chaqirdi.

Shuningdek, Xitoy va Hindistonga qarshi jiddiy bojlar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi esa bu chaqiriqlarni iqtisodiy bosim va qo‘rqitish sifatida baholadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026