Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+11°
пасмурно ветер 4 м/с, З
ENRU

2024 YR4 asteroidining xavfi va yo‘q qilish usullari

Dunyo
37
2024 YR4 asteroidining xavfi va yo‘q qilish usullari
NASA mutaxassislari va xalqaro arXiv olimlari guruhi 2024 YR4 asteroidini Yer yoki Oy bilan to‘qnashuvdan oldin yo‘q qilish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular yadroviy zarba yordamida asteroidning xavfini bartaraf etish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Tadqiqotchilar ikki asosiy usulni taklif qilgan.

Birinchisi, asteroidning orbitasini o‘zgartirib, harakat yo‘nalishini boshqa tomonga burishdir. Ikkinchisi esa, kuchli yadroviy qurol yordamida asteroidni butunlay parchalashdir.

Olimlarning fikricha, bir megatonnalik yadroviy zarba asteroidni yo‘q qilish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Asteroid 2024-yil dekabr oyida aniqlangan bo‘lib, uning diametri taxminan 60 metrni tashkil etadi.

Fazoviy jism shakli xokkey shaybasiga o‘xshash bo‘lib, u juda tez aylanish xususiyatiga ega. Har 20 daqiqada o‘z o‘qi atrofida to‘liq aylanishni amalga oshiradi.

Tadqiqotchilar asteroid Mars va Yupiter oralig‘idagi asosiy kamar tarkibidan ajralib chiqqanini hamda uning silikat moddalarga boy ekanligini ta’kidlamoqda. Hozirgi baholarga ko‘ra, 2024 YR4 asteroidining Yerga urilish ehtimoli 0,28 foiz, Oyga to‘qnashishi esa taxminan 4 foizni tashkil etadi.

Ikkala holatda ham oqibatlar jiddiy bo‘lishi mumkin. Yerga urilishida portlash kuchi Hirosimadagi atom zarbasidan ikki ming barobar kuchliroq bo‘ladi.

Agar asteroid Oyga urilsa, ulkan chang zarralari tarqalib, sun’iy yo‘ldoshlar, kosmik teleskoplar va fazoviy stansiyalarga zarar yetkazishi ehtimoli mavjud. Yakuniy qaror 2028-yil oxirida qabul qilinadi, shu vaqtda asteroidning xavf darajasi yana bir bor baholanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026