Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Rossiya benzin importini Osiyo davlatlaridan oshirmoqda

Dunyo
43
Rossiya benzin importini Osiyo davlatlaridan oshirmoqda
Rossiya hukumati mamlakatda yoqilg‘i tanqisligini bartaraf etish maqsadida Xitoy va Osiyoning boshqa davlatlaridan benzin importini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar paketini ishlab chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu qaror yirik neftni qayta ishlash zavodlariga dronlar hujumidan so‘ng qabul qilindi. Moskva, shuningdek, Janubiy Koreya va Singapurdan ham benzin sotib olishni rejalashtirmoqda.

Import bojlarini kamaytirish uchun Uzoq Sharqdagi ayrim nazorat punktlari orqali keltiriladigan yoqilg‘iga bojlar nollanadi. Bu orqali importchilar jahon va ichki bozor narxlari farqini davlat tomonidan qoplanishini ta’minlaydi.

Benzinni yetkazib berish ishlarini «Rosneft», Mustaqil Neftgaz Kompaniyasi va «Sanoat xomashyosi importi» davlat tashqi iqtisodiy birlashmasi amalga oshiradi. Ushbu kompaniyalar har oyda Sibirdagi neftni qayta ishlash zavodlaridan 150 ming tonnadan benzinni mamlakatning markaziy hududlariga yo‘naltiradi.

Shuningdek, hukumat Belarusdan benzin importini ko‘paytirish va neft zavodlarida oktanni oshiruvchi monometilanilin (MMA) qo‘shimchasidan foydalanishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni rejalashtirmoqda. MMA yuqori toksik va onkologik xavfga ega bo‘lgani uchun ko‘pgina davlatlarda taqiqlangan, Rossiyada esa 2016-yilgacha ishlatilgan.

Sentyabr oyining oxirida Rossiyada neftni qayta ishlash zavodlarining 38 foizi, ya’ni kuniga 338 ming tonnaga yaqin ishlab chiqarish to‘xtadi. Bu holatning asosiy sababi Ukrainadan kelgan dronlar hujumlari bo‘lib, 20 dan ortiq yirik neft zavodlari zararga uchradi.

Natijada, yoqilg‘i-energetika sohasida jiddiy muammolar yuzaga keldi. Saxalin va Kuril orollaridan tortib Nijniy Novgorod viloyati va Qrimgacha bo‘lgan hududlarda yoqilg‘i yetishmovchiligi kuzatildi.

Bu hududlarda benzin sotishga cheklovlar joriy etilib, har bir kishiga 30 litrdan ortiq benzin sotish taqiqlandi. Hukumat Osiyo va Belarusdan benzin importini oshirish hamda neftni qayta ishlash zavodlariga qo‘yiladigan ekologik talablarni yumshatish orqali ichki bozorga har oyda qo‘shimcha 350 ming tonna benzin va 100 ming tonna dizel yoqilg‘isi yetkazib berishni maqsad qilmoqda.

Shunga qaramay, neft mahsulotlari uchun joriy qilingan cheklovlar va yangi import choralari nafaqat ichki bozor, balki global yoqilg‘i savdosiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026