Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 3 м/с, С
ENRU

Lay’s brendi retsept va dizaynini yangiladi

Dunyo
48
Lay’s brendi retsept va dizaynini yangiladi
Lay’s brendi o‘zining deyarli bir asrlik tarixidagi eng katta yangilanishni boshdan kechirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

PepsiCo kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Lay’s uchun to‘liq rebrending va retsept yangilanishi amalga oshirilmoqda. PepsiCo bosh dizayn direktori Karl Gerxhardning ta’kidlashicha, bu yangilanish brendga bo‘lgan muhabbat va sodiqlikni ifodalaydi.

Yangi dizayn orqali jamoa Lay’sning butun dunyoda mashhur ta’mini zamonaviy uslubda namoyish etishni maqsad qilgan. Lay’s endi har bir chipning markazida haqiqiy kartoshka va inson mehnati yotganini ko‘rsatishni ko‘zlamoqda.

Kompaniya sun’iy ta’m va ranglardan voz kechib, iste’molchilarga sog‘lom va xilma-xil mahsulotlarni taklif etishni rejalashtirmoqda. Lay’s Baked va Lay’s Kettle Cooked turlari ham yangi retsept asosida ishlab chiqariladi.

Masalan, pishirilgan chiplar endilikda zaytun moyida tayyorlanadi va oddiy chiplarga nisbatan yog‘ miqdori 50 foizga kamaytirilgan. Dengiz tuzi bilan ta’mlangan yangi Lay’s esa avakado moyidan foydalaniladi va yog‘ miqdori 40 foizga kamroq.

Dunyo bo‘ylab 4000 dan ortiq kartoshka navlari mavjud bo‘lsa-da, Lay’s faqat ularning 10 tasini ishlab chiqarish uchun mos deb hisoblaydi. Kompaniya fermerlar bilan hamkorlikda eng sifatli kartoshkani yetishtirish uchun 9 yilgacha vaqt sarflaydi.

Bu esa mahsulot sifatiga alohida e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026