Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+17°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Seulda yangi yadroviy boshpana quriladi

Dunyo
19
Seulda yangi yadroviy boshpana quriladi
Janubiy Koreya poytaxti Seulda fuqarolar uchun yadroviy boshpana qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Korea Herald nashri xabar berdi. Yangi bino shaharning Sonpxa-gu tumanidagi Garak-don mahallasida joylashgan ko‘p qavatli turarjoy majmuasi ostida barpo etiladi.

Mazkur loyiha mamlakat fuqarolarining xavfsizligini mustahkamlash va yadroviy hamda kimyoviy tahdidlarga qarshi samarali javob berishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Hukumat va Seul uy-joy va kommunal xizmatlar korporatsiyasi bunker qurilishini 2028 yilgacha yakunlashni rejalashtirmoqda.

Bunker uchinchi yerto‘la darajasida joylashib, 16 ta ko‘p qavatli uylarni o‘z ichiga olgan yangi turarjoy majmuasining bir qismi bo‘ladi. Uning asosiy vazifasi fuqarolarni yadroviy, biologik va kimyoviy hujumlardan himoya qilishdir.

Yerosti panohgohi 2147 kvadrat metr maydonni egallaydi va bir vaqtning o‘zida 1020 kishini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunker zamonaviy shamollatish, suv ta’minoti, kanalizatsiya va zaxira tizimlari bilan jihozlanadi.

Bu esa favqulodda vaziyatda fuqarolarga 14 kungacha mustaqil yashash imkonini beradi. Qiziqarli jihati shundaki, tinchlik davrida bunker jamoat fitnes markazi sifatida xizmat qiladi, xavf paydo bo‘lganda esa himoya inshootiga aylanadi.

Shahar ma’muriyati ushbu tashabbusni global tahdidlarga javoban fuqarolar mudofaasi tizimini yangilash zarurati bilan izohlamoqda. Ularning ta’kidlashicha, zamonaviy xavflar an’anaviy tahdidlardan tubdan farq qiladi va shu sababli boshpanalarning ahamiyati oshmoqda.

Bunker qurilishi “Seul mudofaasi–2030” dasturining muhim qismi hisoblanadi. Ushbu dastur doirasida hukumat yadroviy, biologik va kimyoviy hujumlar holatlarida aholini tez va samarali himoya qilish uchun boshpanalar tarmog‘ini yaratishni maqsad qilgan.

Mutaxassislarning fikricha, so‘nggi yillarda KXDR tomonidan yadroviy sinovlar sonining oshishi mintaqada xavf darajasining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, Janubiy Koreya hukumati nafaqat harbiy, balki fuqarolik sohasida ham xavfsizlik infratuzilmasini mustahkamlashni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.

Seulda qurilayotgan yangi bunker zamonaviy mudofaa loyihasi bo‘lib, yangi global voqelikda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu obyekt mamlakatda faqat fuqarolik ehtiyojlari uchun qurilayotgan va yadroviy portlash ta’siriga chidamli ilk boshpana hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026