Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Tramp Netanyahuni suddagi ayblovlardan himoya qildi

Dunyo
13
Tramp Netanyahuni suddagi ayblovlardan himoya qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni suddagi korrupsiya va suiiste’mol ayblovlari bo‘yicha afv etishni so‘radi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda u dushanba kuni Knessetdagi nutqida ma’lum qildi. Mamlakat qonunlariga ko‘ra, agar sud Netanyahuni aybdor deb topsa, uni faqat prezident Itxak Gertsog afv etishi mumkin.

Tramp o‘z fikrida janob prezidentdan Netanyahuni afv etishni so‘rab, uning urush davrida yetakchilik qilganini ta’kidladi va kichik ayblovlarni ahamiyatsiz deb bildi. Trampning bu bayonoti Isroilda va xalqaro maydonda katta bahslarga sabab bo‘ldi, chunki Netanyahuni poraxo‘rlik, firibgarlik va vakolatni suiiste’mol qilishda ayblashmoqda.

Unga qarshi ish 2019 yilda ochilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Netanyahu milliarder Arnon Milchandan tijorat yordami evaziga qimmatbaho sovg‘alar olgan, shuningdek, Walla axborot sayti orqali ijobiy materiallar chop etilishi uchun imtiyozlar bergan.

Prokurorlar bu orqali u 475 ming yevroga teng iqtisodiy foyda olganini ta’kidlamoqda. Shuningdek, “Yedioth Ahronoth” nashri bilan ham shunday kelishuv bo‘lgan.

Netanyahu barcha ayblovlarni rad etib, ularni siyosiy bosim va tuzoq deb ataydi. Sud jarayoni davom etmoqda, ammo u davlat ishlari bahonasida sud jarayonini bir necha bor kechiktirgan.

Bundan tashqari, Xalqaro jinoyat sudi ham Netanyahuga qarshi urush va insoniyatga qarshi jinoyatlar bo‘yicha tergov olib bormoqda. 2024 yil 21 noyabrda XJS uni G‘azo sektorida sodir etilgan jinoyatlar uchun hibsga olish orderini chiqargan.

Ayblovda Isroil rahbariyatining G‘azo aholisini suv, dori-darmon, oziq-ovqat va elektr ta’minotidan maqsadli ravishda mahrum qilgani ko‘rsatilgan. Shunga qaramay, Netanyahu 2025 yil aprelida Vengriyaga tashrif buyurgan, bu esa xalqaro huquqqa zid harakat sifatida baholangan.

Donald Tramp esa Isroilning doimiy himoyachisi sifatida tanilgan. Uning ma’muriyati G‘azodagi harbiy amaliyotlar va Eron qarshi siyosiy bosimda Tel-Avivni faol qo‘llab-quvvatlagan.

Hatto Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuga nisbatan ish ochgandan so‘ng, Tramp ma’muriyati ushbu xalqaro organga qarshi sanksiyalar joriy qilgan. Bu voqea dunyoda AQShning inson huquqlariga zid harakati sifatida tanqid qilingan.

Shu tariqa, Trampning bayonoti nafaqat Netanyahuni siyosiy himoya qilish sifatida ko‘rilmoqda, balki AQShning Yaqin Sharqdagi pozitsiyasining yanada keskinlashishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29