Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Kodi Uilyams onasining hayotini qutqardi

Dunyo
58
Kodi Uilyams onasining hayotini qutqardi
AQSHning Michigan shtatida yashovchi uch yoshli bola Kodi Jeyms Uilyams onasining hayotini qutqarib, mamlakat bo‘ylab qahramon sifatida tanildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Voqea ayol og‘ir epileptik tutqanoq xurujiga uchraganida yuz berdi. Onasining qiyin ahvolini ko‘rgan Kodi hech ikkilanmasdan harakat qildi.

U oldin ham onasining bu kasallikdan aziyat chekkanini ko‘rganligi sababli vaziyatda sovuqqonlikni saqladi. Kodi onasining telefonini olib, yuziga tutib qulfini ochdi va 911 favqulodda yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qildi.

Bu yosh bola uchun g‘ayrioddiy hol bo‘lsa-da, u vaziyatni to‘g‘ri baholab, tez yordam chaqirishga muvaffaq bo‘ldi. Bir necha daqiqa ichida tibbiy yordam yetib kelib, onaning hayoti saqlab qolindi.

Mahalliy politsiya boshlig‘i Maykl Bushard voqeadan so‘ng maxsus matbuot anjumani o‘tkazdi. U Kodiyni “kichik deputat” deb atab, unga ramziy politsiya nishonini topshirdi.

Bushardning so‘zlariga ko‘ra, bola haqiqiy jasorat va tez fikrlash namunasi bo‘ldi. Politsiya boshlig‘i shuningdek, bu voqeaning ota-onalar uchun katta saboq ekanini ta’kidladi.

U farzandlarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish muhimligini yana bir bor eslatdi. Hozirda Kodi va onasi sog‘lom va yaxshi ahvolda.

Qo‘shnilar va mahalliy jamoatchilik ularni tabriklab, bolani “qahramon bola” deb atashmoqda. Kodi esa hozircha o‘zining qilgan ishining qanchalik muhimligini to‘liq anglay olmasa-da, uning jasorati butun mamlakatda katta e’tibor qozondi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026