Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Luvrda Napoleon taqinchoqlari o‘g‘irlandi

Dunyo
72
Luvrda Napoleon taqinchoqlari o‘g‘irlandi
Bugun Parijning mashhur Luvr muzeyida katta o‘g‘irlik sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Napoleon va imperator Jozefinaga tegishli bo‘lgan qimmatbaho taqinchoqlar kolleksiyasidan to‘qqizta buyum yo‘qolgan. Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida hodisa haqida shunday ma’lumot berdi: “Bugun ertalab, Luvr muzeyi ochilishi vaqtida o‘g‘irlik yuz berdi.

Hodisada jabrlanuvchilar yo‘q. Hozir men muzey xodimlari va politsiya vakillari bilan voqea joyidaman.” Luvr ma’muriyati 19 oktyabrda muzey favqulodda holat sababli vaqtincha yopilganini rasmiy ravishda ma’lum qildi.

Le Parisien nashrining yozishicha, o‘g‘rilar ta’mirlash ishlari davomida yuk lifti orqali binoga kirib, oyna va eshiklarni sindirib, Appolon galereyasiga yetib borishgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘irlik juda tez, atigi yetti daqiqa ichida amalga oshirilgan.

O‘g‘rilar tog‘ora, marjon, jig‘a va tiarani o‘z ichiga olgan to‘qqizta qimmatbaho buyumni olib qochishgan. Hozirda muzey mutaxassislari inventarizatsiya jarayonida bo‘lib, yo‘qolgan buyumlarning aniq ro‘yxatini tuzmoqda.

Politsiya esa Parij tarixidagi eng sirli madaniy o‘g‘irliklardan biri bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi. Ushbu voqea madaniyat sohasidagi katta zarba hisoblanadi va uning tafsilotlari jamoatchilikka tez orada yetkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026