Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida urush xavfi oshmoqda

Dunyo
29
Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida urush xavfi oshmoqda
Pokiston mudofaa vaziri Xoja Muhammad Asif Istanbuldagi muzokaralar samara bermasa, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida ochiq urush boshlanishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U ushbu fikrni muzokaralar oldidan bergan bayonotida ta’kidladi. Istanbulda shanba kuni boshlangan uchrashuvlar yakshanbagacha davom etishi rejalashtirilgan.

Muzokaralarning asosiy maqsadi — Doha bitimini uzoq muddat barqarorlashtirish va chegara hududidagi to‘qnashuvlarning oldini olishdir. Asifning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi to‘rt-besh kun ichida yangi to‘qnashuvlar qayd etilmadi va tomonlar sulh shartlariga rioya qilmoqda.

“Agar muzokaralardan natija chiqmasa, bizda faqat urush yo‘li qoladi,” dedi u. Shu bilan birga, Afg‘oniston tomoni tinchlikni istayotganini ham ta’kidladi.

Oktyabr boshida boshlangan to‘qnashuvlarda Islamabad Tolibonni Pokistonga hujum qilayotgan jangarilarga panoh berishda aybladi. Pokiston esa javoban havo zarbalarini amalga oshirdi, natijada o‘nlab odam halok bo‘ldi va chegara o‘tish punktlari yopildi.

Islomobod Afg‘onistonni ayblar ekan, Tolibon bu da’voni rad etdi va Pokiston harbiy harakatlarini Afg‘oniston suverenitetiga zid deb atadi. Hozir ikki tomon ham vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish uchun diplomatik choralarni ko‘rishi zarur.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026