Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Pikassoning asari Parij auksionida 37 millionga sotildi

Dunyo
38
Pikassoning asari Parij auksionida 37 millionga sotildi
Parijda o‘tkazilgan auksionda Pablo Pikassoning “Gul naqshli shlyapa kiygan ayol byusti (Dora Maar)” nomli asari 37 million dollarga sotildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlab asar 9 dan 11,6 million dollar orasida baholangan edi, ammo yakuniy narxi kutilganidan to‘rt baravar ko‘p bo‘ldi. Ushbu rasm mashhur rassomning ilhom manbai va sevgilisi bo‘lgan Dora Maarning portreti hisoblanadi.

Pikasso bu asarni 1943 yil iyul oyida yaratgan. Keyinchalik, 1944 yilda, asar xususiy kolleksiyaga o‘tib, 80 yil davomida shaxsiy qo‘llarda saqlangan.

Mutaxassislarning fikricha, asarning saqlanish holati mukammal darajada. Dora Maar o‘zi ham rassom va fotograf sifatida faoliyat yuritgan.

Uning Pablo Pikasso bilan munosabatlari 1936 yildan 1945 yilgacha davom etgan. San’at tanqidchilari ta’kidicha, ushbu asar nafaqat Pikassoning sevgi va ilhom davrini ifodalaydi, balki u yaratgan ikkinchi jahon urushi yillaridagi ruhiy holatini ham aks ettiradi.

Bu rasm san’at tarixida muhim o‘rin tutadi va rassomning ijodiy faoliyatidagi o‘ziga xos davrni ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026