Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Putin “Burevestnik” yadroviy raketasini muvaffaqiyatli sinadi

Dunyo
33
Putin “Burevestnik” yadroviy raketasini muvaffaqiyatli sinadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinda yangi yadroviy qurol sinovlarining muvaffaqiyatli yakunlangani haqida ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu qurol “Burevestnik” deb nomlangan, yadroviy kallak o‘rnatilgan qit’alararo raketadir. Putin ushbu raketani noyob, cheklanmagan masofaga uchuvchi va boshqa davlatlarda mavjud bo‘lmagan qurol sifatida ta’rifladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Burevestnik” hal qiluvchi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va endi uni amaliy xizmatga joriy etish uchun zarur infratuzilma yaratilmoqda. Rossiya bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovning ma’lumotiga ko‘ra, 21-oktyabr kuni o‘tkazilgan sinovda raketa havoda taxminan 15 soat davomida parvoz qilib, 14 ming kilometr masofani bosib o‘tgan.

Gerasimov bu masofa chegarasi emasligini ta’kidladi va raketa har qanday mudofaa tizimini chetlab o‘tishi hamda yuqori aniqlik bilan maqsadga yetib borishini bildirdi. Putinning ta’kidlashicha, “Burevestnik” Rossiyaning yadroviy salohiyatini yanada mustahkamladi.

Mamlakat eng yuqori tayyorgarlik darajasida bo‘lib, raketani qurolli kuchlarda joylashtirish yaqin kelajakda boshlanishi kutilmoqda. Ushbu raketa haqida birinchi bor 2018-yilda Putin Federal majlisga murojaatida so‘z yuritgandi.

G‘arb razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Burevestnik” 2017–2019-yillar oralig‘ida 13 marta sinovdan o‘tkazilgan, ammo faqat ikki sinov nisbatan muvaffaqiyatli bo‘lgan. 2019-yilda sinov vaqtida raketa Barens dengiziga qulab tushib, portlash yuzaga kelgan.

Bu hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan, jumladan Sarov yadroviy markazi olimlari ham bor. Portlash natijasida radiatsiya buluti Severodvinsk hududini qamrab olib, Skandinaviyagacha yetgani xabar qilingan.

“Burevestnik”ning so‘nggi sinovi 2023-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, Putin o‘shanda bu ishlanma deyarli yakunlanganini ta’kidlagan. Hozirda xalqaro ekspertlar ushbu raketa haqida turlicha fikrda.

Ba’zilar uni haqiqiy tahdid deb baholasa, boshqalar siyosiy ramz sifatida qaramoqda. Shunday bo‘lsada, “Burevestnik”ning muvaffaqiyati va xavfi xalqaro maydonda katta e’tibor qozonmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026