Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Iv Klaynning "Kaliforniya" asari rekord narxda sotildi

Dunyo
59
Iv Klaynning
Parijdagi Christie’s auksionida fransuz rassomi Iv Klaynning "Kaliforniya" nomli to‘rt metrli kartinasi 18,4 million yevroga, ya’ni taxminan 19,6 million dollar evaziga sotildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu narx rassomning asarlari uchun to‘langan eng yuqori summa hisoblanadi. Mazkur asar 1961 yilda Iv Klayn tomonidan o‘ziga xos ultramarin soyasi – International Klein Blue yordamida yaratilgan.

"Kaliforniya" kartinasi Klaynning asarlari orasida alohida o‘ringa ega bo‘lib, uning nomini olgan kam sonli asarlardan biridir. Kartinaning nomi Kaliforniya shtati sharafiga berilgan.

Rassom ushbu asarni AQShga qilgan yagona safari davomida aynan shu shtatda ilk bor namoyish qilgan. Avvalroq kartina Nyu-York shahridagi Leo Kastelli galereyasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Ushbu galereya o‘sha davrning muhim san’at markazlaridan biri hisoblangan. Iv Klayn 1962 yilda vafot etgach, kartina bir necha egasini o‘zgartirib, jumladan, shveysariyalik kollektor Jorj Marsi tomonidan sotib olingan.

2005 yilda "Kaliforniya" kartinasi Nyu-Yorkdagi Pace galereyasi tomonidan sotib olinib, vaqtincha Metropoliten muzeyiga taqdim etilgan va 2008 yilgacha muzeyda namoyish qilingan. ARTnews ma’lumotlariga ko‘ra, kartina ilgari United Technologies kompaniyasining sobiq rahbari Jorj Devidga tegishli bo‘lgan.

U o‘z kompaniyasi orqali Metropoliten muzeyidagi Van Gog va Jasper Jonsga bag‘ishlangan yirik ko‘rgazmalarni moliyalashtirgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026