Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Toshkent aeroportida kutuvchilar zali kengaytirildi

Dunyo
41
Toshkent aeroportida kutuvchilar zali kengaytirildi
Toshkent xalqaro aeroportida bir qator ob’ektlarning rekonstruksiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Jumladan, keluvchilar zali, terrasa hamda uchib ketish terminalidagi VIP-zal yangilandi. Binoning fasadi oldinga surilib, 2200 kvadrat metr qo‘shimcha maydon yaratildi.

Natijada kutuvchilar zalining umumiy maydoni deyarli 5000 kvadrat metrga yetdi, o‘rindiqlar soni esa 200 taga ko‘paytirildi. Yaqin kelajakda aeroport hududida qahvaxonalar, barlar, muzqaymoq do‘konlari, savdo shoxobchalari va gul do‘koni ochilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, yangi kelish yo‘lagi bunyod etildi. Eski yo‘lak endilikda faqat turistik avtobuslar va rasmiy taksilar uchun mo‘ljallangan.

Hozirda aeroportda ikki nafar operator faoliyat yuritmoqda, yaqin orada yana to‘rtta operator ish boshlaydi. Ikkinchi yo‘lakda esa kutuvchilar avtomobillari va taksi agregatorlari to‘xtashi mumkin, biroq bu vaqt 10 daqiqadan oshmasligi shart.

Vaqtga rioya qilish Ichki ishlar vazirligi tizimiga ulangan kameralar orqali nazorat qilinadi va qoidabuzarlarga avtomatik ravishda jarima qo‘llaniladi. Keluvchilar zonasidagi avtoturargoh ham kengaytirilib, endi u 347 ta avtomobilni qabul qila oladi.

Bu rekonstruksiya jarayonining oraliq bosqichi hisoblanadi. Kelajakda keluvchilar va uchuvchilar zallari birlashtirilib, 16 ming kvadrat metrdan oshiq maydonga ega yagona terminalga aylantiriladi.

Aeroportning o‘tkazuvchanlik quvvati soatiga 2400 yo‘lovchiga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Uchib ketish terminalining ikkinchi qavatida 2200 kvadrat metr maydonga ega terrasa ochildi.

Bu hudud soyabonlar, skameykalar va mikroiqlim tizimi bilan jihozlangan. Yaqinda bu yerda bir nechta kafe faoliyat boshlaydi.

Shuningdek, VIP uchib ketish zali yangilandi. Avvalgi 1100 kvadrat metrga yana 300 kvadrat metr maydon qo‘shilib, zal kengaytirildi va dam olish joylari soni oshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026