Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+16°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, ЮЗ
ENRU

Ay Xonimda oltin qazish ishlari xavotir uyg‘otmoqda

Dunyo
39
Ay Xonimda oltin qazish ishlari xavotir uyg‘otmoqda
Afg‘onistonning shimoliy To‘xor viloyatida joylashgan qadimiy Ay Xonim shahri hududida Xitoy kompaniyalari va “Tolibon” hukumati hamkorligida oltin qazib olish ishlari boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mahalliy manbalar xabar bermoqda. Qazish ishlari Dashti Qal’a tumanida, Qizil daryo bo‘yida joylashgan arxeologik hudud yaqinida olib borilmoqda.

Ushbu hudud qadimdan Yunon-Baqtriya davlati markazlaridan biri bo‘lib, tarixiy va madaniy ahamiyatga ega. Mutaxassislar bu ishlar qadimiy yodgorliklarga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

Ularning fikricha, To‘xor viloyatidagi bu joy nafaqat Afg‘oniston, balki butun mintaqaning tarixini o‘rganish uchun muhim manba hisoblanadi. Ay Xonim shahri miloddan avvalgi III asrda barpo etilgan bo‘lib, Yunon-Baqtriya davrining madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri sanaladi.

Ilgari o‘tkazilgan qazishmalar davomida bu yerda qadimiy teatrlar, ibodatxonalar, yozuvlar va boshqa ko‘plab muhim artefaktlar topilgan. Bu esa hududning ahamiyatini yanada oshiradi.

Shu bilan birga, “Tolibon” hukumati tabiiy resurslardan foydalanish orqali iqtisodiyotni tiklash va davlat byudjetini to‘ldirishni asosiy maqsad sifatida belgilagan. Oltin, neft, litiy kabi boyliklarga katta e’tibor qaratilmoqda.

Xitoy esa Afg‘onistondagi foydali qazilmalar sohasida o‘z ta’sirini kuchaytirishga intilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu hamkorlik Pekinning mintaqadagi iqtisodiy ta’sirini yanada kengaytiradi.

Biroq, tarixshunoslar va arxeologlar bu jarayonning madaniy merosga salbiy ta’siri haqida ogohlantirmoqda. Ularning fikricha, oltin qazish ishlari natijasida ming yillik tarix izlari butunlay yo‘qolib ketishi xavfi mavjud.

Bu esa nafaqat Afg‘oniston, balki butun mintaqaning madaniy merosiga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026