Bugun
Sevara Mamatova Budvada 5:0 g‘alaba bilan turnirni boshladi
+18°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Tramp limuzini yuk mashinasida tashildi: sabab nima?

Dunyo
35
Tramp limuzini yuk mashinasida tashildi: sabab nima?
Yakshanba kuni Florida shtatida noodatiy holat yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sobiq AQSh prezidenti Donald Trampning Mar-a-Lago rezidensiyasidan Palm-Bich xalqaro aeroportiga yo‘l olayotgan korteji davomida e’tiborni tortadigan voqea sodir bo‘ldi. Guvohlar tomonidan olingan suratlarda prezident limuzini — "The Beast" nomi bilan tanilgan Cadillac zirhli avtomobili ochiq yuk mashinasi yordamida tashilayotgani aks etgan.

Shu paytda Donald Tramp avtomobilning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan. Mazkur surat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ayrimlar bu holatni mexanik nosozlik yoki xavfsizlik qoidalarining buzilishi sifatida talqin qilishdi. Keyinchalik AQSh Maxfiy xizmati voqea yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Unda mazkur holat mexanik nosozlik sababli yuzaga kelgani va muammo tezda hal qilingani ta’kidlandi. "Harakat davomida hech qanday zarar yetmagan, xavfsizlikka oid muammolar kuzatilmagan," deyiladi idora bayonotida.

Ma’lumki, "The Beast" dunyodagi eng xavfsiz avtomobillardan biri hisoblanadi. Uning og‘irligi 9 tonnaga yaqin bo‘lib, 20 sm qalinlikdagi zirh bilan himoyalangan.

Shuningdek, avtomobil kimyoviy va biologik qurollardan himoyalanish tizimlari bilan jihozlangan.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shtatida istiqomat qiluvchi to‘qqiz yoshli Lyusi Milgrim og‘ir atletika bo‘yicha ko‘rsatgan natijasi bilan butun dunyo e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:29
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini oila qurishga undash maqsadida zamonaviy texnologiyalardan, xususan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ta’sirchan videolardan foydalanmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Yevropa Ittifoqi kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini to‘liq taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Turkiya mintaqaviy energiya markaziga
DunyoKecha, 22:38
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatiga qarashli Shapuri qishlog‘ida Ikkinchi jahon urushi davrida hududni bosqinchilardan ozod qilish yo‘lida jon fido qilgan o‘zbekistonlik jangchilar
DunyoKecha, 21:38
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
Amerika Qo'shma Shtatlari kompaniyalari Markaziy Osiyoning strategik xomashyo zaxiralariga bo'lgan qiziqishini amaliy harakatlar bilan mustahkamlamoqda. Xususan,
DunyoKecha, 21:23
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Dunyoning eng muhim neft arteriyasi hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat o‘zining eng xavfli nuqtasiga yetdi. Eron Qurolli kuchlari rasmiy vakili Muhammad Akraminia
DunyoKecha, 20:59