Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+17°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

45 yil bedarak yo‘qolgan erkak oilasiga qaytdi

Dunyo
43
45 yil bedarak yo‘qolgan erkak oilasiga qaytdi
Hindistonda 45 yil avval bedarak yo‘qolgan erkak o‘z oilasi bilan kutilmaganda qayta uchrashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu voqea haqida "Times of India" nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rikhi ismli erkak Himachal-Pradesh shtatining Sirmaur tumanidagi Nadi qishlog‘ida tug‘ilgan.

U 1980 yilda uyidan chiqib ketib, Haryana shtatidagi mehmonxonalardan birida ishlay boshlagan. Ammo o‘sha yili yo‘l-transport hodisasiga uchrab, boshidan jarohat olgan va xotirasini yo‘qotgan.

Uning ota-onasi esa uni halok bo‘lgan deb o‘ylab, qaytib kelishiga umid qilmagan. Hodisa sababli Rikhi o‘z qishlog‘ini unutib, Mumbayga ko‘chib o‘tadi va u yerda yangi hayot boshlaydi.

U Ravi Chaudhary nomi bilan yashab, oila quradi va o‘tmishidan butunlay uziladi. Oradan yillar o‘tib, yana bir jarohat olgach, uning bolalik xotiralari qayta tiklana boshlaydi.

Xotinining yordami bilan u o‘z kelib chiqishini aniqlab, tug‘ilgan qishlog‘ini topishga muvaffaq bo‘ladi. 2025 yil 15 noyabr kuni Rikhi 1600 kilometr yo‘l bosib, Nadi qishlog‘iga qaytadi.

U 45 yildan beri ko‘rmagan aka-uka va opa-singillari bilan uchrashadi. Ushbu voqea Hindistonda katta hayrat bilan kutib olindi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026