Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Eronda riyoldan to‘rtta nol olib tashlandi

Dunyo
47
Eronda riyoldan to‘rtta nol olib tashlandi
Eronda milliy valyuta – riyolni isloh qilishga qaratilgan yangi qaror rasman kuchga kirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu o‘zgarish mamlakat moliya tizimi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosida riyol denominatsiya qilinadi. Ya’ni, riyoldan to‘rtta nol olib tashlanadi.

Yangi tizimga ko‘ra, 10 ming riyol endi 1 riyol sifatida qabul qilinadi. Bundan tashqari, pul muomalasiga yangi birlik — qiron kiritiladi.

Qiron riyolning yuzdan bir qismiga teng bo‘lib, kelgusida hisob-kitoblarda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda. Ushbu islohotni amalga oshirish uch yillik o‘tish davrida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Bu vaqt davomida eski va yangi riyollar birgalikda muomalada bo‘ladi. Bunday yondashuv aholining yangi tizimga moslashuvi va bozordagi barqarorlikni saqlashga qaratilgan.

Denominatsiya haqidagi qonun loyihasi 2024 yil oktyabr oyida parlament tomonidan tasdiqlandi. Jarayon davomida deputatlar o‘rtasida qizg‘in munozaralar bo‘ldi.

Yakunda 144 nafar deputat loyiha foydasiga ovoz berdi, 108 nafari qarshi chiqdi, uch nafar deputat esa betaraf qoldi. Ushbu qaror mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatning qanchalik murakkab ekanini ko‘rsatadi.

Riyolni isloh qilish g‘oyasi ilk bor 2019 yilda taklif qilingan edi. Shundan so‘ng, loyiha bir necha bor qayta ko‘rib chiqildi.

2024 yilda Markaziy bank riyolning nomini o‘zgartirib, tarixiy valyuta — tumanni qayta joriy etishni taklif qilgan edi. Ammo bu taklif parlamentda yetarli qo‘llov topmadi va rad etildi.

Hozirda Eron ikki xil valyuta kursi bilan yashamoqda: rasmiy va norasmiy kurs. Rasmiy kursga ko‘ra, 1 AQSH dollari 42 ming riyolga teng.

Ammo sanksiyalar va valyuta cheklovlari tufayli norasmiy bozor kursi bir milliondan oshgan. Bu esa dollarga talabni oshirib, inflyatsiyani kuchaytirdi.

2025 yil sentyabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra, iste’mol narxlari indeksi 45,3 foizni tashkil etdi. Jahon bankining hisobotlariga ko‘ra, 2024 yilda inflyatsiya darajasi 32,5 foiz bo‘lgan.

Riyolni denominatsiya qilish aholining moliyaviy tizimga bo‘lgan ishonchini tiklash, iqtisodiy hisob-kitoblarni soddalashtirish va uzoq muddatli barqarorlikka erishish maqsadida amalga oshirilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, agar jarayon to‘g‘ri boshqarilsa, Eron iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026