Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Toshkentda Yevropa Ittifoqi forumi o‘tkazildi

Dunyo
17
Toshkentda Yevropa Ittifoqi forumi o‘tkazildi
26-noyabr kuni Toshkent shahrida uchinchi “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Forumda Yevropa Ittifoqining xalqaro sheriklik bo‘yicha komissari Yozef Sikela ikki mintaqa o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik hozirgi kunda har qachongidan ishonchli ekanini ta’kidladi. U O‘zbekistonga mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, ushbu forumning aprel oyida o‘tgan “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” sammitining mantiqiy davomi ekanini qayd etdi.

Yozef Sikela mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga va’da berganliklarini eslatib, bugungi kunda bu kelishuvlarni amaliy harakatlarga aylantirishayotganini ta’kidladi. U Markaziy Osiyoning boy mineral resurslari, yosh va malakali ishchi kuchi, shuningdek, strategik geografik joylashuvini alohida qayd etdi.

Yevropa Ittifoqi esa ilg‘or texnologiyalar, investitsion salohiyat va mintaqaviy integratsiya bo‘yicha tajribani taklif qilmoqda. Yevropa Ittifoqi hozirda Markaziy Osiyoning ikkinchi yirik savdo sherigi va eng katta investori maqomini saqlab kelmoqda.

O‘tgan yilda o‘zaro savdo hajmi 3 foizga oshgan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich hali yetarli emasligi ta’kidlandi. Yevrokomissar sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi kelishuvlar haqida ham so‘z yuritdi.

Qozog‘iston bilan imzolangan kelishuv muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan ham shunga o‘xshash hujjatlar imzolangan. Ushbu kelishuvlar savdo-sotiqni rivojlantirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishga xizmat qilishi aytildi.

Forumda infratuzilmani rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Yevropa Ittifoqining “Global Gateway” strategiyasi doirasida Markaziy Osiyoda 12 milliard yevro hajmidagi investitsiya paketi shakllantirilgani ma’lum qilindi.

Bu mablag‘ transport yo‘nalishlari, mineral resurslar, raqamli aloqadorlik, suv, energetika va iqlim sohasidagi loyihalarga yo‘naltiriladi. Shuningdek, mineral resurslarni joyida qayta ishlash, energetika va transportni modernizatsiya qilish orqali xarajatlarni kamaytirish va investitsiya uchun qulay muhit yaratishga e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Forum davomida oltita yangi kelishuv imzolandi. Bu kelishuvlar ochiqlik, mas’uliyat va hamkorlik asosida amalga oshiriladi.

Sikela mintaqa davlatlarini iqtisodiy hamkorlik va institutlarni mustahkamlashda davom etishga chaqirdi. U uzoq muddatli hamkorlikning barcha tomonlar uchun manfaatli ekanini alohida ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026