Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Qozog‘istonda migrantlar uchun raqamli ro‘yxat tizimi joriy etiladi

Dunyo
58
Qozog‘istonda migrantlar uchun raqamli ro‘yxat tizimi joriy etiladi
Qozog‘istonda migrantlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qoidalar 2025 yil 1 iyuldan kuchga kiradi va migrantlarni raqamli tizim orqali ro‘yxatga olishni to‘liq amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bu yangilik Qozog‘iston ichki ishlar vaziri tomonidan 2025 yil 17 noyabrda tasdiqlangan.

Yangi tartib 90 kungacha vizasiz qolish huquqiga ega bo‘lgan barcha xorijliklarga, jumladan O‘zbekiston fuqarolariga ham tegishli bo‘ladi. Yangi tizimga ko‘ra, xorijliklar Qozog‘iston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tishi shart.

Endilikda barcha jarayon raqamli shaklda amalga oshiriladi. Migrantning shaxsiy ma’lumotlari, yashash manzili va uy-joy bergan shaxs haqidagi axborotlar maxsus migratsiya politsiyasi tizimiga (IS MP) kiritiladi.

Uy-joy taqdim etuvchi shaxs mobil ilova orqali xabarnoma oladi va ro‘yxatni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin. Tasdiqlash amalga oshirilgach, migrantning elektron kabinetida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma paydo bo‘ladi.

Ro‘yxatga olish turar joylar, mehmonxonalar, yotoqxonalar va boshqa yashash joylarida amalga oshiriladi. Agar migrant yashash manzilini o‘zgartirsa, yangi manzil bo‘yicha 5 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tishi shart.

Eski manzil avtomatik o‘chiriladi. Ro‘yxatdan o‘tmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etish jarimalar, ro‘yxatni bekor qilish yoki deportatsiyaga olib kelishi mumkin.

Yangi elektron tizim migrantlarga o‘z huquqiy holatini nazorat qilish, hujjatlarni elektron shaklda ko‘rish va huquqiy nizolardan qochish imkonini beradi. Qozog‘istonga safar qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga quyidagi tavsiyalar beriladi: yashash manzilini qabul qiluvchi tomon tasdiqlaganiga ishonch hosil qiling, ro‘yxatdan o‘tish muddati o‘tib ketmasligini kuzatib boring va manzilni o‘zgartirganda ma’lumotlarni yangilashni unutmang.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026