Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Vashingtonda otishma: ikki Milliy gvardiyachi yaralandi

Dunyo
30
Vashingtonda otishma: ikki Milliy gvardiyachi yaralandi
Vashington shahrida, Oq uy yaqinidagi 17-chi va Birinchi ko‘chalar kesishgan joyda ikki Milliy gvardiya xodimi o‘qotar quroldan yaralandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noyem CNN telekanaliga ma’lum qildi. Huquqni muhofaza qilish organlari vakillarining xabar berishicha, ushbu hodisa gumonlanuvchi bilan otishma natijasida sodir bo‘lgan.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi qo‘lga olingan va voqea joyidan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun olib ketilgan. Otishma sodir bo‘lgan paytda Prezident Donald Tramp Floridaning Uyest-Palm-Bich shahrida joylashgan golf maydonida bo‘lgan.

Oq uy matbuot kotibi Karolin Levittning so‘zlariga ko‘ra, prezidentga ushbu hodisa haqida darhol ma’lumot yetkazilgan. Poytaxt politsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda bu hudud xavfsiz ekanligini va gumonlanuvchining qo‘lga olinganini tasdiqladi.

Shu bilan birga, mahalliy aholiga ushbu joydan uzoqroq bo‘lish tavsiya qilindi. Eslatib o‘tamiz, Prezident Tramp avvalroq bir necha shtatdan kelgan Milliy gvardiya xodimlarini federal hukumatga bo‘ysundirish to‘g‘risida favqulodda farmon chiqargan edi.

Shu sababli hozirda yuzlab Milliy gvardiyachilar Vashington ko‘chalarida patrul xizmatini o‘tamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026