Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Rossiya Hindistonni yoqilg‘i bilan ta’minlashni davom ettiradi

Dunyo
27
Rossiya Hindistonni yoqilg‘i bilan ta’minlashni davom ettiradi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma’lum qilishicha, Moskva Hindistonning tez rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu mamlakatni barqaror va uzluksiz yoqilg‘i bilan ta’minlashni davom ettiradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda u Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuvdan so‘ng bayonot berdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, energetika sohasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanmoqda va Rossiya Hindiston uchun ishonchli yetkazib beruvchi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab kelmoqda.

Neft va neft mahsulotlari bo‘yicha savdo ishlari izchil davom etayotgani, shuningdek, Hindiston korxonalarida Rossiya neftini qayta ishlash ishlari rejaga muvofiq amalga oshirilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, avgust oyida AQSH prezidenti Donald Tramp Hindistonga Rossiya neftini xarid qilish uchun qo‘shimcha 25 foiz boj joriy etgan edi.

AQSH ma’muriyati bunday choralarning Rossiyaning boshqa hamkorlariga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkinligini bildirgan. Ushbu vaziyatga izoh bergan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda qat’iy ekanini ta’kidladi.

U, hatto bunday qarorlar katta xarajatlarga olib kelsa ham, Hindiston o‘z siyosatidan chekinmasligini ma’lum qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa AQSH tomonidan kiritilgan tariflar Hindistonning pozitsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaganini, shuningdek, Hindiston Rossiya yoqilg‘isini import qilish rejalarini o‘zgartirishni ko‘zlamayotganini bildirdi.

Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi energetika sohasidagi hamkorlikning davom etishini tasdiqlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026