Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Kamilla Rahimova WTA 125 turnirida g‘olib bo‘ldi

Dunyo
42
Kamilla Rahimova WTA 125 turnirida g‘olib bo‘ldi
Fransiyaning Anje shahrida bo‘lib o‘tgan WTA 125 Open Angers Loire Trélazé turnirida o‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova g‘alaba qozondi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Final bahsida u Germaniyadan Tamara Korpachga qarshi kurash olib bordi va ikki set davomida 6:3 va 7:6 hisoblari bilan zafar quchdi. Uchrashuv jami 2 soat 23 daqiqa davom etdi.

Birinchi setda Rahimova o‘zini ancha ishonchli ko‘rsatib, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. U set davomida raqibining xizmatini ikki marta muvaffaqiyatli buzib, o‘z ustunligini saqlab qoldi.

Ikkinchi set esa ancha murosasiz o‘tdi. Dastlab Rahimova breyk amalga oshirib oldinga chiqdi, ammo Korpach o‘zini tiklab, 5:3 hisobida ustunlikni qo‘lga kiritdi.

Shunga qaramay, Rahimova o‘yinga qaytib, hisobni 5:5 ko‘rinishiga olib keldi va tay-breykda o‘z mahoratini namoyish etdi. Natijada, ikkinchi setni ham 7:6 hisobida yakunlab, turnir g‘olibiga aylandi.

Yarim finalda esa Rahimova xorvatiyalik Antonyo Rujichga qarshi kurash olib borib, 4:6, 6:3, 7:5 hisoblarida g‘alaba qozongan edi. Ushbu uchrashuv 3 soat 9 daqiqa davom etdi.

Ma’lum qilinishicha, Kamilla Rahimova yaqinda sport fuqaroligini o‘zgartirib, Rossiya o‘rniga O‘zbekistonni vakillik qila boshlagan. Biroq turnir protokolida uning yonida hali O‘zbekiston bayrog‘i ko‘rsatilmagan.

Mazkur turnir WTA 125 seriyasiga kirib, qattiq qoplamali kortlarda tashkil etilgan. Rahimovaning ushbu g‘alabasi uning xalqaro maydondagi yuksak yutug‘i sifatida e’tirof etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026