Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Bondi-Bichdagi qurolli hujum: 16 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
26
Bondi-Bichdagi qurolli hujum: 16 kishi halok bo‘ldi
Sidney shahri yaqinidagi Bondi-Bich hududida bayram tadbiri davomida sodir bo‘lgan qurolli hujum butun Avstraliyani larzaga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, hujumni ota va o‘g‘il amalga oshirgan. Ushbu fojea natijasida 15 kishi halok bo‘lgan, ulardan biri hujumchilar tomonidan o‘ldirilgan.

Shu tariqa, qurbonlar soni 16 nafarga yetdi. Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham borligi qayd etildi.

Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albanizi ushbu voqeani og‘ir fojea deb atab, hukumat qurolli zo‘ravonliklarning oldini olish uchun chora-tadbirlarni kuchaytirishga qaror qilganini ma’lum qildi. Yangi rejalar doirasida qurolga egalik qilish tartibi yanada qat’iylashtiriladi.

Xususan, qurol litsenziyasining amal qilish muddatini qisqartirish va bir kishiga ruxsat etilgan qurollar sonini cheklash rejalashtirilmoqda. Ushbu choralar mamlakatda xavfsizlikni oshirishga qaratilgan.

Politsiya hujumchilardan biri bir necha yildan beri qonuniy qurol litsenziyasiga ega bo‘lganini tasdiqladi. Bu esa mavjud tartib-qoidalar yetarlimi, degan savollarni keltirib chiqardi.

Hozirda hujumning sabablari va voqea tafsilotlari to‘liq o‘rganilmoqda. Hujumdan so‘ng Bondi-Bich hududida halok bo‘lganlarni xotirlash maqsadida gullar qo‘yildi.

Hududda xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Hukumat va jamoatchilik bu kabi fojealarning oldini olish muhimligini ta’kidlab, jabrlangan oilalarga chuqur hamdardlik bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026