Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Tramp 20 davlat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqladi

Dunyo
28
Tramp 20 davlat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqladi
AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakat hududiga kirish taqiqlangan davlatlar ro‘yxatini sezilarli darajada kengaytirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Oq uy tomonidan e’lon qilingan rasmiy hujjatga ko‘ra, ushbu cheklovlar 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi va 20 ta davlat hamda hududni qamrab oladi. Bu qaror natijasida taqiq qo‘llanayotgan davlatlar soni ikki baravarga ortdi.

Yangi farmonga binoan, quyidagi davlatlarning fuqarolari AQSHga mutlaqo kira olmaydi: Burkina-Faso, Laos, Mali, Niger, Suriya, Serra-Leone va Janubiy Sudan. Shuningdek, Falastin milliy ma’muriyati tomonidan berilgan yo‘l hujjatlari (pasportlari) egalariga ham AQSHga kirish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, ayrim davlatlarga nisbatan qisman cheklovlar joriy etildi. Bu davlatlar qatoriga Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Gabon, Gambiya, Dominikan Respublikasi, Zambiya, Zimbabve, Kot-d’Ivuar, Malavi, Mavritaniya, Nigeriya, Senegal, Tanzaniya va Tonga kiradi.

Ushbu cheklovlar xavfsizlik talablari va shaxsni tekshirish jarayonlaridagi muammolar sababli kiritilgan. Turkmaniston fuqarolari uchun esa ayrim imtiyozlar berildi.

Xususan, noimmigratsion vizalar bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi, ammo immigratsion vizalar berilishi vaqtincha to‘xtatilganicha qoladi. Bu qaror Turkmanistonning AQSH bilan shaxsni aniqlash tizimlarini takomillashtirish borasidagi hamkorligi natijasi sifatida qabul qilindi.

Donald Tramp o‘zining avvalgi prezidentlik davrida ham Kuba, Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Somali va Yaman kabi davlatlarga taqiq qo‘ygan edi. Uning o‘rniga kelgan Jo Bayden ushbu qarorlarni bekor qilgan bo‘lsa-da, Tramp 2025 yilda hokimiyatga qaytgach, cheklovlarni qayta tikladi.

Unga ko‘ra, o‘sha paytda Afg‘oniston, Hayiti, Myanma va Kongo kabi davlatlar ham ro‘yxatga kiritilgan edi. Tramp o‘z bayonotida ushbu choralar terrorizmga qarshi kurashda samarali ekanini ta’kidlab, AQSH hududiga radikal guruhlar vakillarining kirishini qat’iyan oldini olish niyatida ekanini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026