Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
пасмурно ветер 2 м/с, С
ENRU

Bashar Asad Moskvada yashab, tibbiyotga qaytdi

Dunyo
37
Bashar Asad Moskvada yashab, tibbiyotga qaytdi
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad oxirgi bir yil davomida Moskvada yashayotgani va bu yerda yana tibbiyot sohasiga qaytgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Britaniyaning The Guardian nashri Rossiya va Suriyadagi manbalarga asoslanib, Asad hozirda oftalmologiya bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etayotganini ma’lum qilgan. Bu faoliyatni u moliyaviy muammolar emas, balki shaxsiy qiziqishi sabab davom ettirmoqda.

Asad oilasiga yaqin bo‘lgan manbalarning aytishicha, Bashar Asad urushdan avval Damashqda ko‘z kasalliklari bo‘yicha shifokor sifatida faoliyat yuritgan. U tibbiyotdan butunlay voz kechmagan va bu sohani o‘zining haqiqiy qiziqish sohasi deb biladi.

Shuningdek, Asad rus tilini chuqur o‘rganishga ham jiddiy kirishgani aytilmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, Asadlar oilasi moddiy jihatdan barqaror bo‘lsa-da, Bashar Asad o‘zi deyarli to‘liq izolyatsiyada yashamoqda.

U Rossiya va Suriya elitalari bilan erkin muloqot qilish imkoniyatiga ega emas. U bilan faqat bir nechta yaqin shaxslar, jumladan, sobiq vazir Mansur Azzam va sobiq iqtisodiy maslahatchi Yassar Ibrohim aloqada.

The Guardian’ga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin endi Bashar Asadni siyosiy jihatdan muhim shaxs sifatida ko‘rmaydi. Moskvada unga nufuzli arbob sifatida e’tibor berilmaydi, hatto rasmiy tadbirlarga ham taklif qilinmaydi.

Oxirgi oylarda Asad oilasi jamoatchilik oldida juda kam ko‘rinmoqda. Faqat bu yil yozda Asadning qizi Zeynning Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagani munosabati bilan oila bir marotaba omma oldida paydo bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Asadning farzandlari tez-tez Birlashgan Arab Amirliklariga borib turishadi. Avvaliga oila BAAga doimiy ko‘chib o‘tishni rejalashtirgan, biroq siyosiy noqulayliklar tufayli bu rejadan voz kechgan.

Shuningdek, Bashar Asad Moskvaga kelgan dastlabki davrda rafiqasi Asmaning leykemiya kasalligiga qarshi davolanishiga e’tibor qaratgan. Eksperimental terapiya natijasida Asma o‘zini yaxshiroq his qila boshlagan.

Hozirda Bashar Asad Suriyadagi vaziyat bo‘yicha o‘z qarashlarini ommaviy axborot vositalarida bayon etishni rejalashtirmoqda. U Rossiyaning RT kanali va ayrim xorijiy podkastlar uchun intervyular berishni mo‘ljallagan, biroq bu reja Rossiya hukumatining ruxsatiga bog‘liq.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026