Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Afg‘oniston ayollar uchun eng yomon mamlakat deb topildi

Dunyo
32
Afg‘oniston ayollar uchun eng yomon mamlakat deb topildi
Jorjtaun universiteti (AQSh) tadqiqotchilari tomonidan 188 ta davlatda ayollarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, Afg‘oniston ayollar uchun dunyodagi eng yomon mamlakat deb topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “Hasht e Subh Daily” nashri xabar berdi. 2025 yil 31 dekabrdagi tadqiqot hisobotida ayollar xavfsizligi va huquqlari bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlar Afg‘onistonda qayd etilgan.

Ushbu davlatdan keyingi o‘rinlarda Yaman, Sudan, Gaiti va Burundi joylashgan. Afg‘onistonda ayollarning ijtimoiy holati inklyuzivlik, adolat va xavfsizlik mezonlari asosida baholangan.

Ayollar xavfsizligi va ularga nisbatan munosabat boshqa davlatlarga nisbatan ancha yomon ahvolda bo‘lib, ular jamiyatning eng zaif qatlamiga kiritilgan. Afg‘onistonda ayollar ta’lim olish va ishlash huquqidan ko‘p hollarda mahrum etilgan.

Bu holat ularning asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini cheklab, insonparvarlik yordamlari yetkazib berilishini ham qiyinlashtiradi. Natijada, Afg‘oniston BMTning gender rivojlanish indeksida Yamandan keyingi eng past o‘rinni egallagan.

Shuningdek, Afg‘oniston ko‘chalarida ayollar xavfsizligi ta’minlanmagan. Tolibon muvaqqat hukumati ayollarning jamoat joylaridagi harakatlarini qat’iy nazorat qilmoqda.

Bu esa ayollarning erkin harakatlanishini cheklabgina qolmay, mamlakatdagi beqarorlik va tinchsizlik darajasini ham oshirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026