Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

AQSh 75 mamlakat uchun immigratsion vizalarni to‘xtatdi

Dunyo
26
AQSh 75 mamlakat uchun immigratsion vizalarni to‘xtatdi
AQSh hukumati immigratsiya siyosatini qat’iylashtirish bo‘yicha yangi qaror qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Donald Tramp ma’muriyati tomonidan 2026 yil 21 yanvardan boshlab dunyoning 75 ta davlatiga, jumladan O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolariga immigratsion vizalar berish vaqtincha to‘xtatildi. Bu qaror qachon bekor qilinishi hozircha noma’lum.

Mazkur cheklovlar ostiga Markaziy Osiyo davlatlari bilan bir qatorda Pokiston, Bangladesh, Rossiya, Belarus, Gruziya, Armaniston kabi mamlakatlar ham tushdi. Bundan tashqari, bir qator Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari ham ro‘yxatda mavjud.

AQSh Davlat departamenti bunday qarorni bir nechta omillar bilan izohladi: muhojirlarning moliyaviy yordamga qaramlik xavfi, viza arizalarini yanada sinchkovlik bilan tekshirish zarurati va mamlakat xavfsizligini ta’minlash. Reuters axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, cheklovlar hatto vizasi tayyor bo‘lgan, biroq hali konsullikdan olib chiqilmagan shaxslarga ham tegishli.

Davlat departamenti xodimlariga bunday vizalarni ham rad etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Biroq bu cheklovlar sayyohlik va vaqtinchalik tashrif vizalariga taalluqli emas.

Buning asosiy sababi – AQShning 2026 yilgi Futbol bo‘yicha Jahon chempionati va 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilishi bilan bog‘liq. Hukumat ushbu tadbirlarga keluvchi mehmonlar va sayyohlar oqimini saqlab qolishni maqsad qilgan.

Mutaxassislarning fikricha, bu qaror kelgusi bir yil ichida 315 mingga yaqin qonuniy muhojirning AQShga kirishini cheklaydi. Tramp ma’muriyati hukmronligi davomida 100 mingdan ortiq viza bekor qilinib, H-1B kabi yuqori malakali mutaxassislar uchun mo‘ljallangan vizalar bo‘yicha ham qo‘shimcha to‘siqlar joriy etilgan.

Savol tug‘iladi: AQShning bunday qat’iy cheklovlari noqonuniy migratsiyani kamaytiradimi yoki aksincha, odamlarni noqonuniy va xavfli yo‘llarni tanlashga majbur qiladimi? Bu borada turli fikrlar mavjud.

Ayni paytda esa yangi tartiblar muhojirlar hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026