Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Adam Qodirov yo‘l hodisasida jarohat oldi

Dunyo
27
Adam Qodirov yo‘l hodisasida jarohat oldi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov Grozniy shahrida yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, hodisa natijasida Adam Qodirov og‘ir ahvolda shifoxonaga olib borilgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, u hushsiz holatda respublika shifoxonasiga yetkazilgan va shifokorlar tomonidan reanimatsiya qilingan.

Keyinchalik uni Moskvaga olib ketish rejalashtirilgani haqida ma’lumotlar bor. Xabarlarda aytilishicha, hodisa Qodirov kortejining katta tezlikda harakatlanishi oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Bir nechta avtomobil hodisaga jalb etilgan, shuningdek, bir necha kishi jarohat olgan bo‘lishi ehtimoli bildirilmoqda. Voqeadan so‘ng Grozniy shahrida ayrim yo‘llar vaqtinchalik yopilgan, jumladan, shifoxona tomon boruvchi yo‘llar cheklangan.

18 yoshli Adam Qodirov Chechenistonning eng ko‘p tilga olinadigan shaxslaridan biri sanaladi. Ayrim manbalarda u Checheniston xavfsizlik kengashi kotibi va Ichki ishlar vazirligi faoliyatiga mas’ul shaxs sifatida qayd etiladi.

Hozircha rasmiy idoralar tomonidan hodisa yuzasidan to‘liq va ochiq bayonot berilmagan. Shu sababli, voqea tafsilotlari faqatgina manbalarning bergan ma’lumotlari darajasida qolmoqda.

Rasmiy tasdiq kelishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026