ENRU

Grozniyda kortej ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

Dunyo
41
Grozniyda kortej ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Grozniy shahrida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hodisada yuqori martabali shaxslar, jumladan, Adam Qodirov korteji ishtirok etgani aytilmoqda. Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, kortej katta tezlikda harakatlanib, to‘siqqa duch kelgan va bir nechta avtomobil to‘qnashgan.

Voqea joyida ayrim ko‘chalar vaqtincha yopilgan, jabrlangan shaxslar esa shifoxonaga olib ketilgan. Biroq hozircha jarohat olganlar soni va ularning holati haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, ushbu voqea fonida yana bir mish-mish paydo bo‘ldi: avtohalokat paytida UFC sportchisi Hamzat Chimayev ham kortejda bo‘lgan degan xabarlar tarqaldi. Ammo bu ma’lumotni "Chechnya Segodnya" axborot agentligi raddiya qildi.

Ularning ma’lumotiga ko‘ra, Chimayev hozirda Dubayda bo‘lib, o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 yoshli Adam Qodirov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning farzandlaridan biri bo‘lib, u ko‘pincha ommaviy axborot vositalarida tilga olinadi.

Ayrim manbalar uning respublika xavfsizlik tuzilmalarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritishini ham qayd etadi. Hozircha voqea bo‘yicha rasmiy tasdiqlangan ma’lumotlar kutish maqsadga muvofiqdir.

Jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilab qolamiz.

O‘xshash yangiliklar

Saudiya Arabistoni Makka yo'nalishida uchirilgan dronni urib tushirdi
Saudiya Arabistoni Makka yo'nalishida uchirilgan dronni urib tushirdi
Saudiya Arabistoni Havo hujumidan mudofaa kuchlari Yamandagi husiylar harakati tomonidan muqaddas Makka shahri yo‘nalishida uchirilgan jangovar dronni urib tushirdi.
DunyoBugun, 03:42
Husiylar yetakchisi Saudiya Arabistonining Yaman urushidagi mag'lubiyatini bashorat qildi
Husiylar yetakchisi Saudiya Arabistonining Yaman urushidagi mag'lubiyatini bashorat qildi
Yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlar va geosiyosiy keskinliklar yangi bosqichga ko‘tarilgan bir vaqtda, Yamandagi husiylar harakati yetakchisi Abdul-Malik al-Hutiyning Saudiya Arabistoni
DunyoBugun, 03:17
Eronda taniqli bloger josuslikda ayblanib o'lim jazosiga hukm qilindi
Eronda taniqli bloger josuslikda ayblanib o'lim jazosiga hukm qilindi
Eronda "Sevda" taxallusi bilan tanilgan bloger Marziyeh Ebrohimi Shamsobodiyga nisbatan o‘lim jazosi tayinlandi. Bandar-Abbos shahri Inqilobiy sudi uni mamlakat Oliy
DunyoBugun, 02:44
Diplomsiz yoshlar orasida ishsizlik darajasi rekord darajada kamaydi
Diplomsiz yoshlar orasida ishsizlik darajasi rekord darajada kamaydi
Global mehnat bozorida o‘n yilliklar davomida shakllangan oliy ta’lim va diplom muvaffaqiyatli hayotning yagona kafolati degan tushuncha o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda.
DunyoBugun, 02:06
AQSH va husiylar Ummonda maxfiy muzokaralar o'tkazgani ma'lum bo'ldi
AQSH va husiylar Ummonda maxfiy muzokaralar o'tkazgani ma'lum bo'ldi
Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat va global energetika xaritasini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan diplomatik yangilik tarqaldi. Britaniyaning Reuters
DunyoBugun, 01:47
Yaman husiylari Saudiya Arabistonining qiruvchi samolyotini urib tushirdi
Yaman husiylari Saudiya Arabistonining qiruvchi samolyotini urib tushirdi
Yaman hududidagi qurolli to‘qnashuvlar yangi bosqichga chiqdi. "Ansorulloh" harakati (husiylar) vakillari mamlakatning strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Marib viloyati
DunyoBugun, 01:10