Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+12°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Shri Lankada 3 563 karatlik noyob sapfir topildi

Dunyo
22
Shri Lankada 3 563 karatlik noyob sapfir topildi
Shri Lanka poytaxti Kolombo shahrida noyob qimmatbaho tosh — og‘irligi 3 563 karat bo‘lgan binafsha rangli “Toza yer yulduzi” sapfiri ilk bor keng jamoatchilikka namoyish etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tosh o‘zining katta hajmi, betakror optik xususiyatlari va noyobligi bilan gemmologiya sohasida tarixiy yangilik sifatida e’tirof etilmoqda. Bunday topilma dunyoda juda kam uchraydi va shuning uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu sapfir 2023 yilda Shri Lankaning Ratnapur shahrida topilgan. Ushbu hudud “qimmatbaho toshlar poytaxti” sifatida tanilgan bo‘lib, u yerda ko‘plab toshlar qazib olinadi.

Ammo bu safargi topilma o‘zining ulkan miqyosi va chiroyi bilan ajralib turadi. Qiziqarli tomoni shundaki, tosh dastlab boshqa qimmatbaho toshlar partiyasi tarkibida sotib olingan va faqat ikki yil o‘tgach, uning noyobligi aniqlangan.

Shundan so‘ng tosh egalari uni ikki mustaqil laboratoriyada ekspertizadan o‘tkazishga qaror qilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu sapfir mukammal asterizm, ya’ni yorug‘lik tushganda olti nurli yulduzsimon tasvir hosil qilish xususiyatiga ega.

Bu noyob optik effekt toshni yanada qadrlidir qiladi va uni dunyodagi eng kamyob qimmatbaho toshlar qatoriga kiritadi. Gemmolog Ashan Amarasingening so‘zlariga ko‘ra, bunday xususiyat har qanday kolleksioner yoki gemmologiya sohasiga qiziquvchi inson uchun katta ahamiyatga ega.

“Toza yer yulduzi” sapfirining dastlabki bahosi 300 million dollardan 400 million dollargacha yetishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Ushbu noyob tosh qimmatbaho toshlar bozorida yangi rekordlar o‘rnatishi kutilmoqda.

Ayni paytda uning egalari sotish bo‘yicha kelib tushayotgan takliflarni o‘rganmoqda, ammo qaror qabul qilish masalasida shoshilmayotgani ma’lum qilindi. Kolomboda namoyish qilingan bu noyob sapfir nafaqat jahon bozorida, balki kolleksionerlar va qimmatbaho tosh muxlislari orasida ham katta muhokamalarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026