Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+8°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Dunyo suv resurslari bankrotlik yoqasida turibdi

Dunyo
48
Dunyo suv resurslari bankrotlik yoqasida turibdi
Dunyo miqyosida suv resurslari kamayib borayotgani jiddiy muammoga aylanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

BMT huzuridagi Suv, atrof-muhit va sog‘liqni saqlash universiteti instituti (UNU-INWEH) tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotda bu holat keng yoritilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 50 yil ichida 410 million gektar botqoqlik yo‘q bo‘lgan.

Yirik ko‘llarning hajmi kamaymoqda, ayrim daryolar esa yilning ma’lum fasllarida dengizga yetmasdan qurib qolmoqda. Eng xavotirli jihat shundaki, yerosti suv zaxiralarining 70 foizga yaqini barqaror kamayish holatida.

Iqlim o‘zgarishi bu muammoni yanada kuchaytirgan. 1970 yildan buyon muzliklarning 30 foizdan ortig‘i erib ketgan.

Natijada, yuz millionlab odamlar uchun asosiy suv manbalari qisqarib bormoqda. Suvdan haddan tashqari foydalanish, ifloslanish va ekologik muvozanatning buzilishi ko‘plab suv tizimlarini qayta tiklab bo‘lmaydigan darajaga olib kelgan.

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, 2030 yilga borib qator xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin: taxminan 2 milliard kishi xavfsiz ichimlik suvisiz qoladi, 700 million kishi suv tanqisligi sababli yashash joyini tark etishga majbur bo‘ladi. Global miqyosda chuchuk suvga talab mavjud imkoniyatdan 40 foizga oshadi.

O‘zbekistonda ham suv tanqisligi jiddiy muammoga aylanishi mumkin. Hisobotda 2030 yilga borib mamlakatda suv tanqisligi 7 milliard kub metrga yetishi va O‘zbekiston suv taqchil bo‘lgan 33 davlat qatoriga kirishi aytilgan.

Mualliflar vaziyatni “suv inqirozi” emas, balki “suv bankrotligi” deb atashni taklif qilmoqda. Bu tushuncha muammoning vaqtinchalik emasligini, ayrim hududlarda suv tizimlari o‘zini tiklay olmaydigan darajaga yetganini anglatadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026